Malakka sultonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Malacca Sultanate en.svg|thumb|Malakka sultonligi (en)]]
'''Malakka sultonligi''' ({{Lang-ms|Kesultanan Melayu Melaka}}) - Jan Sharkiy Osiyodagi malayyalar daaaati (1402/03—1511). Markazi — Malakka. Ravnaq topgan davrida (15-asrning 2-yarmi) uning tarkibida Malakka ya.o., Riau, Linga arxipelaglari, Sumatraning sharqiy qirgʻogʻi kirgan. Asoschisi — Majapaxit shahzodasi Parames-vara. 1424—45 yillarda Malakka sultonligida hinduizm va islom tarafdorlari oʻrtasida liniy nizolar sodir boʻlgan. 1445-yil bu kurashda islom tarafdorlari gʻolib chiqqan va taxtni roja Kosim egallagan; u Muzaffarshoh 1 nomi bilan Malakkaning 1 sultoni boʻlgan. Shu davrdan eʼtiboran Malakka sultonligidagi hokimiyat eski malayya-yapon zodagonlari qoʻlidan musulmon savdogarlari bilan ittifoq boʻlgan yangi mulkdorlar qoʻliga oʻtgan. Malakka sultonligi kuchli markazlashgan davlat boʻlgan. Savdo, ayniqsa, tashqi savdo juda katta rol oʻynagan. Hindiston, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari Malakka porti orqali Xitoydan ipak, Malayya arxipelagidan ziravorlar tashigan. Malakka sultonligidan qoʻshni davlatlarga qalay chiqarilgan. . Malakka sultonligi Jan.-Sharqiy Osiyoda islom dinini tarqatishning markazi boʻlgan. Malakka sultonligi mavjud boʻlgan davri — malayya madaniyatining ravnaq topgan davri hisoblanadi. Malayya tili — Jan.-Sharqiy Osiyoning kundalik tiliga aylangan.
 
Malakka sultonligidagi oʻzaro ichki nizolardan foydalangan portugaliyalik mustamlakachilar 1511-yil d’Albukerki qoʻmondonligida Malakka sultonligini tugatgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>