Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Bindfaden.jpg|thumb]]
'''Ip''' — tolalar (paxta, ipak, jun, zigʻir va b.)dan ingichka qilib yigirilgan yoki yigirilmagan toʻquvchilik va tikuvchilik materiali; pishiq va ka-yishqoq mahsulot. Gazlamalar, trikotaj toʻqish, kiyim-kechak tikish va b. koʻp maqsadlarda ishlatiladi. Ip olish uchun ishlatiladigan tola turiga qarab ip tabiiy, sunʼiy, miner"al, kimyoviy xillarga boʻlinadi. Iplar dastlabki, birlamchi va ikkilamchi turlarga ham ajratiladi. Dastlabki ip boʻylama yoʻnalishda qismlarga boʻlinmaydi. Bularga elementar va yakka (mono ip) iplar kiradi. Birlamchi ip toʻqimachilik tolalaridan tayyorlanadigan kalava ip, bir necha elementar iplardan eshib olinadigan kompleks iplardan ibo-rat. Ikkilamchi iplar bir necha birlamchi ipni eshib (pishitib) olinadi. Iplar bir xil toladan hamda har xil toladan (tabiiy tola bilan boshqacha tabiiy tola, sunʼiy tola bilan tabiiy tolani aralashtirib) tayyorlanishi mumkin. Iplarni pishitish yoki eshish darajasi ularning ishlatilishiga boglik. Mas, gazlama toʻqish uchun asosiy ip (tanda) koʻp pishitiladi, arqoq ip esa kamroq pishitiladi, trikotaj toʻqish uchun ip yanada kam pishitiladi. Pilla tolalaridan yigirilgan ipak ip; viskoza, atsetat, kapron va b. kimyoviy tolalardan kompleks iplar olinadi.