Hayvonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{animal-stub
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
H. — geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. H.da metabolizm faol kechishi tufayli ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional sistemasi: mus-kul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining shakllanishi H. uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Hayvonlar hujayrasi qattiq sel-lyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq qiladi. Biroq H. bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy. Mas, bir hujayrali hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish usuli (fotosintez) va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida H.ga ham, oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (mas, evglenasimonlar, volvokslar va boshqalar). H. bilan oʻsimliklar oʻrtasida keskin chegaraning boʻlmasligi ularning kelib chiqishidagi umumiylik bilan bogʻliq. H. va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.
 
H. hujayraviy tuzilishga binoan [[Bir hujayralilar|bir hujayra]] va koʻp hujayralilarga ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta [[Hujayra|hujayraning]] oʻzi tirik organizm uchun xos boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam ixtisoslashgan hujayralardan iborat. Gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar tanasi 2 qavat (ektoderma va entoderma) boʻlib joylashgan nis-batan ixtisoslashgan hujayralardan iborat, lekin toʻqima va haqiqiy organlar shakllanmagan; birmuncha murakkab tuzilgan. H. toʻqima va organlari ontogenezda 3 ta murtak varaqlari (ektoderma, endoderma va mezo-derma) hisobidan hosil boʻladi. Mas, ektodermadan nerv sistemasi. sezgi organlari, teri va uning hosilalari; endodermadan ichak, nafas organlari, sekretsiya bezlari; mezodermadan suyak, muskul, qon aylanish, ayirish sistemasi organlari shakllanadi.
 
3 qavatli H. birlamchi ogʻizlilar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyokdilar) va ikkilamchi ogʻiz-lilar (ignatanalilar, xordalilar)ga ajratiladi. Anʼanaga koʻra barcha H. umurtqasizlar (koʻpchilik H.) va umurtqalilar (xordalilar)ga boʻlinadi. Tuzilishi va oʻzaro filogenetik bogʻlanishiga binoan hayvonot dunyosi kenja dunyo, tip, sinf va boshqa taksonlarga ajratiladi. Odatda, hayvonot dunyosi 16—25 (baʼzan 10—33 ta) tipga ajratiladi. Ayniqsa tuban tuzilgan umurtqasizlarni sistemaga solishda koʻp chalkashliklar mavjud. Mas, 20-asrning 60-yillarigacha bir hujayralilar faqat bitta tip sifatida oʻrganilgan boʻlsa, hozirgi davrda bir necha (5—7 ta) tipga ajratiladi. Barcha koʻp hujayralilar tiplari (qarang [[Tip]]) bitta koʻp hujayralilar kenja dunyosiga, bir hujayralilar esa bir hujayralilar kenja dunyosiga kiritiladi. H.ning 1,5 mln. (boshqa maʼlumotlarga koʻra 3—4,5 mln.) turi maʼlum. Yer yuzida H. yaxshi oʻrganilmagan. Har yili toʻgarak chuvalchanglar, hasharotlardan yuzlab yangi turlar koʻrsatib berilmoqda. Aniqlangan H.ning 2/3qismini hasharotlar tashkil etadi.