Kiyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v2: Tuzatishlar, typos fixed: o'l → oʻl
Qator 33:
vebsayt = [http://www.kmv.gov.ua www.kmv.gov.ua] |
ilovalar = |
}}'''Kiyev''' — [[Ukraina]] poytaxti. Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik temir yo'lyoʻl, shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi–5,8°, iyulniki 19,5°, Shahar maydon 800 km{{sup|2}}. Aholisi 2635,3 ming kishi (1998).
 
Hozrigi Kiyev xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar boʻlgan. "Kiyev" nomi 5-asr oxiri – 6-asr boshidagi uning afsonaviy asoschisi Kiy ismi bilan bogʻliq. Kiyev mil. 6–7-asrlarda sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil topgan. 882 yil Kiyev knyaz Oleg qoʻl ostiga oʻtdi va 1132-yilgacha Kiyev Rusining siyosiy, madaniy va savdo markazi. 1240-yil Kiyevni moʻgʻullar zabt etdi. 1362-yildan Litva va Polsha tarkibida. 1654-yilda Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.
 
1917-yil oktabrda hokimiyatni Markaziy rada egʻalladi. 1918-yil 26 -yanvarda Kiyevni kizil armiya bosib oldi. 1918-yil 1 martdan Kiyev avval nemislar, keyin denikinchilar qoʻl ostida boʻldi. 1920-yillardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati oʻsa boshladi. 1941-yil sentabrda Kiyevni fashistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943-yil noyabrda Kiyev ozod etildi. 1990-yildan mustaqil Ukraina poytaxti.
 
Mashinasozlik, shu jumladan, stanoksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960-yildan). Ukraina Fanlar akademiyasi, 18 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, [[Taras Shevchenko|T. G. Shevchenkoning]] adabiy-badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati muzeylari, xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati muzeylari, adabiyot va sanʼat arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va boshqalar), respublika stadioni bor.