Leonardo da Vinci: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 15:
| famous works = ''[[Mona Lisa]]'', ''[[Soʻnggi Tanovul (Leonardo)|Soʻnggi Tanovul]]'', ''[[Vitruvian Odami]]''
| awards =
}}'''Leonardo di ser Piero da Vinci''' (''{{lang-it|Leonardo di ser PyeroPiero da VinchiVinci}}'', [[1452|1452-yil]] [[15-aprel]], [[Vinchi shahri|Vinchi]] shaharchasi yonidagi Ankiano qishlog'i, [[Florensiya]] yaqinida — [[1519|1519-yil]] [[2-may]], [[Amboise|Ambuaz]] yaqinidagi Klo-Luse qasri, [[Turen]], [[Fransiya]]) — buyuk [[Italiya|italyan]] [[musavvir]]i va [[olim]]i, italyan [[Renessans]]i ideali - "mukammal inson" (homo universale) namunasi.
 
Leonardo da Vinci A. Verrokkodan taʼlim olgan (1467— 72). L. da V. oʻz davrining insonparvarlik gʻoyalariga javob beradigan mukammal inson qiyofasini yaratdi; ilk asarlaridayoq mayin nur-soya vositasida shaklning oquvchan hajmini koʻrsatdi. Asarlarida diniy mazmunni xilma-xil insoniy hissiyotlar koʻzgusiga aylantiradi. Hisobsiz kuzatishlari natijalarini turli usullarda bajarilgan chizgilarida muhrlagan. Ayniqsa, yuz ifodasini berishda katta mahoratga erishdi. Baʼzan tashki koʻrinish (yuzdagi zoʻrgʻa ilgʻab olinadigan tabassum) bilan odamlar chehrasini jonlantirib, ularning ichki dunyosi (nozik koʻngil holati)ni ifodalaydi: "Madonna Benua" (taxminan 1478), "Qoyadagi madonna" (1483—94, 2-nusxasi 1497—1511), "Maxfiy kechalar" devoriy rasmi (1495—97), "Angyari jangi" (1503—06), "Mona Liza" ("Jokonda" nomi bilan mashhur, taxminan 1503), "Ioann Krestitel" (taxminan 1513—17); dunyo halokati ifodalangan "Toshqin" rasmlar turkumi (taxminan 1514— 16)da tabiatning dahshatli ofatlari oldida insonning ojizligi, tabiiy jarayenlarning takrorlanishini akliy tasavvuri bilan uygunlashtiradi.