Radioeshittirish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Tyholt taarnet.jpg|thumb|radioeshittirish minorasi ([[Norvegiya]])]]
'''Radioeshittirish''', radioeshittiruv — ommaviy axborot vositalarining oʻziga xos elektron texnikaga asoslangan turi. Ovozni maxsus apparatlar yordamida koʻpaytiradi va keng hududlarga, uzoq masofalarga yetkazib beradi. R. matbuotning oʻziga xos, ogʻzaki, eshituvchiga yoʻnaltirilgan bir koʻrinishi sifatida matbuot qonuniyatlari asosida faoliyat kursatadi, uning funksiyalarini uziga xos ravishda ado etadi. R.ning informatsion (xabar, suhbat, reportaj), tahliliy (radio chiqish, sharh, kuzatuv), badiiypublitsistik (lavha, ocherk, felyeton, esse) singari asosiy janrlari mavjud. Shuningdek, unda adabiy ijodga (radiohikoya, radiopyesa, radiospektakl), musiqa sanʼatiga (radiokonsert, radiokompozitsiya) oid eshittirishlar ham beriladi. R. ommaviy axborot vositasi sifatida ommaga informatsiya, turli maʼlumotlar yetkazib berish bilan birgalikda musiqa sanʼatini ommalashtirishda ham muhim rol oʻynaydi.