Yurak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 6:
'''Yurak''' — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi.
 
YU.ning qiyosiy morfologiyasi. Yu. qon tomirlari sistemasi toʻla rivojlangan hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida Yu. vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega. Ularda Yu. tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, soʻngra uning jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka oʻtadi. Yu. qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda Yu.yurak vazifasini qorin [[Aorta|aortasi]] bajaradi.
[[Fayl:Four chamber cardiovascular magnetic resonance imaging.gif|left|thumb]]
Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yu. 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yu. oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yu. yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yu.ning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yu. yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.
Qator 22:
Yurakning koʻkrak qafasida yurak xaltasi ichida joylashishi (yurak xaltasi kesib koʻrsatilgan).
 
[[Aorta]] va oʻpka arteriyasi asosida yarimoysimon klapanlar joylashgan. Klapanlar shu tomirlarning yoʻnalish tomoniga ochiladigan 3 tavaqadan iborat. Yu. qisqarganda qon oʻng qorinchadan oʻpka arteriyasiga, chap qorinchadan aortaga quyiladi.
 
YU.ning oʻng qorinchasidan oʻpka poyasi kichik qon aylanish, chap qorinchasidan aorta katta qon aylanish doirasi boshlanadi. Yu. oʻz xaltasi — perikardga oʻralgan, devori 3 qavat: ichki endokard, oʻrta miokard va tashqi elmkardryan iborat. Epikard va perikard oʻrtasidagi tor boʻshliqsa boʻladigan seroz suyuqlik Yu. ishlayotganda Yu. devorlarining ishqalanishini kamaytiradi. Yu.ning muskul qavati — miokard boʻlmachalarida 2, qorinchalarida 3 qavat boʻlib, ixtiyorimizga boʻysunmay qisqaruvchi maxsus koʻndalangtargʻil muskul tolalaridan tarkib topgan, bu xususiyat uni skelet muskullaridan ajratib turadi. Yu.ning boʻlmacha va qorincha muskul tolalari 2 ta (oʻng boʻlmacha va qorincha, chap boʻlmacha va qorincha orasidagi teshikni oʻrovchi) fibroz tola halqasidan boshlanadi. Lekin boʻlmacha muskullari, qorincha muskullari bir-biri bilan tutashmagan ayrimayrim fazada qisqaradi. Boʻlmacha muskullari ichdan boʻylama, sirtdan koʻndalang , qorinchalarda esa ichki, tashqi qavati boʻylama, oʻrtadagisi koʻndalangiga joylashgan. Ichki va tashqi boʻylama muskullar Yu. choʻqqisida tutashadi, koʻndalang (oʻrta) muskullar tutashmaydi. Qorinchalararo toʻsiq, asosan, muskul toʻqimasi va uni qoplab turgan endokard varagʻidan tuzilgan.