Bulgʻor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Small minaret, Bolgar.JPG|thumb]]
'''Bulgʻor''' — [[Volga-Kama Bulgʻoriyasi]] poytaxti. Harobalari [[Tatariston|Tatariston Respublikasining]] Bulgʻor (Bulgʻorlar) qishlogʻi yaqinida saqlanib qolgan. Bulgʻorda arxeologik qazish ishlari 1870-yilda boshlangan. 1950—57 yillarda esa A. P. Smirnov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya u yerda keng koʻlamda qazish ishlari olib borgan. Bulgʻor oʻrnidagi eig ilk manzilgoh milodiy 1-ming yillikning 2-yarmiga oid. Sharq yozma manbalari (Ibn Fadlon, Ibn Havqal, Abulhamid Andalusii, Abu Abdulloh Gʻarnotiy va boshqa asarlari)da Bulgʻor 10-asrdan tilga olingan boʻlib, uning vujudga kelishi aia shu vaqtga toʻgʻri keladi. 13-asrning 2-yarmida Bulgʻor Oltin Oʻrdattx eng muhim savdo-sotiq va hunarmandchilik markaziga aylangan. Arxeologik qazishlar vaqtida Bulgʻor harobasining 13—14-asrlarga doyr qatlamlaridan koʻplab mehnat qurollari, uyroʻzgʻor buyumlari. taqinchoqlar, tangalar, turar joy va hammomlar harobalari, xumdonlar, choʻyan eritish koʻralari, sizot suv quvurlari hamda [[Oʻrta Osiyo]], [[Qrim]], [[Kavkazorti|Zakavkazye]], Rus va Xitoydan keltirilgan buyumlar topilgan. Bulgʻordagi binolarning koʻpchiligi Oʻrta Osiyodan keltirilgan naqshinkor sirlangan sopol plitkalar bilan bezatilganligi aniklangan. 14-asrga oid minora, bulgʻor xonlari maqbaralari, Cherkov, masjid va bulgʻor xonlarining yozgi qarorgohi harobalari hozirgacha saqlanib qolgan. Bulgʻor yaqinida bozor (Ogʻabozor) boʻlgan. Bulgʻor 1361-yil Oltin Oʻrda xoni Buloq Temur tomonidan vayron qilingan, 15-asrga kelib esa unda hayot butunlay toʻxtagan.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20B%20harfi.pdf B-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Galereya ==
<gallery>
Fayl:Northern mausoleum, Bolgar.JPG|
Fayl:Eastern mausoleum, Bolgar.JPG|
Fayl:Khans'_mausoleum,_Bolgar.JPG|
Fayl:Black chamber, Bolgar.JPG|
Fayl:Белая палата.JPG
Fayl:Булгарское городище 6.JPG
Fayl:Keçe manara.JPG
</gallery>
 
== Yana qara ==
 
* [[Volga-Kama Bulgʻoriyasi]]
* [[Qozon xonligi]]
 
==Manbalar==