Passatlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Amherst99 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Passatlar''' (gollandcha ''passaat'') — tropik kengliklarda okeanlar ustida yil boʻyi barqaror esib turadigan havo oqimlari. P. tezligi Yer yuzasida 5—6 m/s ni tashkil qiladi. Vertikal kalinligi 2—4 km boʻlib, ekvator tomon oshib boradi. P.ga meridian boʻylab ekvator tomon yoʻnalgan oqimlar qoʻshiladi, natijada Shim. yarim sharda P. koʻproq shim.-sharqiy shamollar, Jan. yarim sharda esa jan.-shar-qiy shamollar boʻlib esadi. P. subtro-pikdagi antitsiklonlar bilan chambarchas boglangan (ular bu antitsiklonlarning ekvator tomondagi chekkalariga karab esadi). Shamol maromi tez-tez oʻzgarib turadigan tropik oʻlkalarda P. ancha sust, baʼzi joylarda P. oʻrnini mussonlar egallaydi. Ekvator yaqinida bu-tun troposfera va quyi stratosfera qatlamida sharqiy shamollar ustunlik qiladi. Troposferaning yuqori qatlamlarigacha koʻtarila olmagan P. ustida shamollar gʻarbiy yoʻnalishga ega boʻladi. P. ustidagi bu oqimlar antipassatlar deb ataladi. P. va antipassatlar ekvator bilan subtropiklar oʻrtasida sirkulyasiya sistemasini hosil qiladi.
 
P.ning okeanlar yuzasida quyi kengliklarga qarab oqadigan havosi suvdan sovuqroq boʻladi. Shuning uchun bu havo tagidan iliydi va toʻp-toʻp bulutli konveksiya vujudga keladi. Lekin bu bulutlardan yogʻin yogʻmaydi va P. hukmron oʻlkalarning havosi quruq boʻladi. Materiklarda P. esadigan joylarda tropik choʻllar hosil boʻlgan. Lekin Shim. va Jan. yarim sharlardagi P. oraligʻidagi zonada konveksiya kuchi va balandligi keskin ortadi; katta balandliklargacha keng bulutlar toʻdasi yuzaga keladi, ulardan jala yomgʻirlari yogʻadi. Quruklikda bu zona nam subekvatorial va ekvatorial oʻrmonlar zonasiga toʻgʻri keladi.