Sevgi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatishlar
M. Muhabbat
Qator 1:
{{maʼnolari|Muhabbat (maʼnolari)}}
[[Fayl:DickseeRomeoandJuliet.jpg|thumb|upright|[[Romeo va Juliet]], arxetipik oshiqlar. [[Frank Bernard Dicksee|Frank Dicksee]] chizgan.]]
'''Sevgi''' yoki '''muhabbat''' — biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. M.Muhabbat tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, institutim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi.
 
Ijtimoiy fikrlar tarixida M.ga turlicha maʼno berilgan. Yunonistonda M.ni kishilar va tabiat ustidan hukmronlik qiluvchi afsonaviy kuch deb tushunganlar, natijada M. xudosi — Erot (Eros) haqida tasavvurlar vujudga kelgan. Empedokl M. olamni — insonlar va tabiat hodisalarini uyushtirib, birlashtirib turuvchi omil deb qaragan, Platon M.ni 2 turga — missiy M. va aqliy M.ga ajratadi. Uning fikricha, hissiy M. tashqi goʻzallikni his qilishdan hosil boʻladi va M.ning quyi bosqichini tashkil etadi. Aqliy M. esa goʻzallikni keng maʼ-noda — axloqiy-estetik, ilmiy tushunishdan paydo boʻladi. U akliy (maʼnaviy) M.ni ustun qoʻyadi.