Peshku tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
k 185.139.137.145 tahrirlari Rtfroot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 78:
 
== Tabiati ==
Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat. Faqat, Quljuqtovga tutash yerlarida relyefi bir oz murakkab va bu yerdagi past togʻlarning balandligi 785 m ga yetadi. Bu viloyatdagi eng baland joydir. Peshkoʻ tumanining 4% ga yaqin maydoni [[Buxoro vohasi]]dagi sugʻoriladigan yerlardan iborat, qolgan qismi turli tipdagi choʻl yaylovlaridir. Tumanning voha qismida madaniy [[tuproq]]lar, [[choʻl]] zonasida sur tusli qoʻngʻir, choʻl qumli, qumloq, taqir, taqirsimon va shoʻrxok tuproqlar uchraydi. Quljuqtov etagidagi quruq oʻzanli Daryosoy vodiysida taqirsimon tuproqdar katta maydonni egallagan. Qumli joylarda oq saksovul, quyonsuyak, qandim, partak, patloq, cherkez, gipsli choʻllarda shuvoq, isiriq, sassiqkovrak, qizilcha (efedra), tuyatovon, etalak, karrak oʻsadi. Choʻllarda sut emizuvchi hayvonlar, QoraqirQorakoʻl koʻli atrofilarida esa suv boʻyi qushlar yashaydi. Qoraqir tashlama koʻli va koʻl sohili, suv boʻyi qushlari va nodir hayvonlarni qoʻriqlash maqsadida, buyurtma hudud deb eʼlon qilingan.
 
== Iqlimi ==