Kitob: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.72.135 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi Teg: Eski holiga qaytarish |
k Imloviy xatolar tuzatildi Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kitob (maʼnolari)}}
[[Fayl:Latin dictionary.jpg|thumb]]
'''Kitob''' —axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik
K. ishi K.ni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. K.ni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya
K.ning paydo boʻlish tarixi
Qogʻozning kashf qilinishi K. tarixida yangi davr ochdi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qogʻozli K.lar boʻlgan. 13-asrdan Yevropada qogʻoz asosiy yozuv materiali boʻlib qoldi. Qogʻoz K.ning koʻpayishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. K. bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda xattotlik sanʼati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning koʻp avlodlari K. tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat koʻchirish texnikasini takomillashtirib bordilar.
|