Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:The Parthenon in Athens.jpg|thumb|right|250px|Parfenon]]
'''Parfenon''' ({{lang-el|Παρθενών}} — bokira qiz) — [[Akropol]] ([[Afina]])dagi maʼbuda Afina ibodatxonasi, [[yunon]] meʼmorligi sanʼatining ulkan yodgorligi. Miloddan avvalgi 447—438 yillarda Iktin va Kallikrat tomonidan qurilgan. Ibodatxonada katta sellalar (di-niy haykallar uchun xonalar) va kichik xonalar (xuddi ibodatxona kabi "Parfenon" deb nomlangan) boʻlib, ularda xazinalar saklash moʻljallangan. Bu xonalar (tarhi 30,89x96,54 m) doriy kolonnadalari bilan oʻralgan. Hashamatli oq marmarli inshoot Fidiy va yunon haykaltaroshlari ishlagan haykaltaroshlik bezaklari bilan toʻldirilgan. Bino tarzi hoshiyasi metoplarida kentavr, bahaybat odam, amazonkalarning oʻzaro kurash sahnalari, frontonlari haykaltaroshlik mujassomoti bilan bezatilgan. P. meʼmorligida yunon sanʼatining buyukligi uning gullagan davridagi garmoniyasi, goʻzalligi, hayotiyligi aks ettirilgan. 1687-yilda turklar bilan boʻlgan urushda venetsiyaliklar tomonidan vayron qilingan. 1801—03 yillar P. haykallari [[Angliya]]ga olib ketilib, 1816-yil Britaniya muzeyiga qoʻyilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Qator 8:
 
 
{{stub}}Parfenon ibodatxonasi hozirgi kunga qadar zo'rg'a saqlanib qolgan. {{Tashqi havolalar}}
{{stub}}
{{Tashqi havolalar}}