Imom al-Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Umumiy tuzatishlar amalga oshirildi. Xato haqida xabar bermoqchimisiz? (Bot)
payg`ambarimiz Rasululloh s.a.v ning ismlari zikr qilingan joyda albatta yoniga s.a.v qushib yozish kere
Qator 17:
'''Buxoriy''', Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, [[Buxoro]] — 870.31.8, [[Samarqand]] yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — [[islom]] olamining yirik mutafakkiri. [[Muhaddis|Muhaddislar]] imomi, [[hadis]] ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
 
Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, [[Muhammad|Muhammadning]] s.a.v hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi.
 
Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, [[Arab xalifaligi|xalifalikning]] turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan [[Makka|Makkaga]] kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil [[Madina (shahar)|Madinaga]] boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda RasulullohningRasululloh s.a.v ning [[Sahobalar|sahobalari]], sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammadning Rasululloh s.a.v ning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.
 
Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy [[Hijoz]], Makka, Madina, [[Toif]], [[Jidda|Jiddaga]] qilgan safarlari 6 yil davom etgan. Soʻng [[Basra]], [[Kufa]] va [[Bagʻdod|Bagʻdodga]] safar qiladi. [[Shom]] va [[Misr|Misrga]] oʻtadi. Bundan tashqari [[Xuroson (tarixiy viloyat)|Xuroson]], [[Marv]], [[Balx]], [[Hirot]], [[Nishopur|Nishopu]]r, [[Ray]], Jibol kabi shaharlarda boʻlib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar toʻpladi.
Qator 29:
Aynan Imom Buxoriy tufayli [[Movarounnahr]] hududida IX-XII asrlarda koʻplab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning oʻnlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan koʻplab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targʻib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu koʻchishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar [[Hindiston]] va [[Qohira|Qohirada]] chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob al-favoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „Al-Jome’ al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „Al-Musnad al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „At-tafsir al-kabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob al-xiba“ („Xayr-ehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor.
 
Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha [[madrasa]] va dorilfununlarida paygʻambar (as)Rasululloh s.a.v ning sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning oʻlmas merosi el-yurti bagʻriga qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi|Vazirlar Mahkamasining]] „Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi.
 
Alloma abadiy qoʻnim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlogʻida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang [[Buxoriy yodgorlik majmui]]). Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida [[Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti]] [[Islom Karimov|Islom Karimovning]] tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1998-yil 4-noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamgʻarmaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „al-Jome as-sahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar oʻtkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamgʻarma oʻzining maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy [[Imom al-Buxoriy saboqlari|„Imom alBuxoriy saboqlari“]] jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-maʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sogʻlom idrok etilishiga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.