Rauf Parfi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Rauf Parfi (1943-2005) Rauf Parfiga ko'chirildi: Maqola nomida shaxsning faqat ismi ko'rsatiladi.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak.
Qator 1:
{{wikify}}
Rauf Parfi (taxallusi - O’zturk) 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi - Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, G’afur G’ulom nashriyotida, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida, «Jahon adabiyoti» jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi «O’zbekiston xalq shoiri» dir (1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan.<br>
 
Rauf Parfi Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.<br>
Asarlari: «Karvon yo‘li» (1969, birinchi she’riy kitobi), «Aks - sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1989), «Tavba» (2000) kabi to‘plamlari, «Sukunat» (1991), «Adashgan ruh» dostoni, «Hijrat», «Men yolg‘izman», «Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar», «Ona Turkiston» (1992), «Turkiston ruhi» (1993), «Saylanma» (1993), «Tong otmoqda», «Shoir», «Xato qildim», «Cho‘lpon», «Yomg‘ir yog‘ar» (bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi she’rlari, «Abdullajon» marsiyasi va boshq.
{{writer-stub}}