Rauf Parfi
Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) (27-sentabr 1943-yil, Shoʻralisoy qishlogʻi, Yangiyoʻl tumani, Toshkent, Oʻzbekiston — 28-mart 2005-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) oʻzbek shoiridir. Otasi Parfi Muhammadamin savodli boʻlib, Fargʻona viloyatining Vodil qishlogʻidan shoʻrolar quvgʻini tufayli Shoʻralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Fargʻonadan edi. Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, oʻqishni Yangiyoʻl shahridagi kechki maktabda davom ettiradi va mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965-yillarda Toshkent davlat unuversitetining filologiya fakultetini tugatgan. Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, „Oydin“ gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda „Yozuvchi“ nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan.[1]
Rauf Parfi | |
![]() | |
Taxallus: | Oʻzturk |
---|---|
Tavallud sanasi: | 27-sentabr 1943-yil |
Tavallud joyi: | Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani |
Vafot sanasi: | 28-mart 2005-yil (61 yoshda) |
Vafot joyi: | Toshkent, Oʻzbekiston |
Kasb: | shoir, tarjimon |
Faoliyat: | adabiyot, she'riyat |
2013-yilda Rauf Parfi tugʻilganiga 70 yil toʻlishi munosabati bilan,[2] 2018-yilda esa 75 yil toʻlishi munosabati bilan Toshkentda oʻtkazish rejalangan tadbirlarning barchasi Oʻzbekiston rasmiylari bosimi ostida toʻxtatilgan.[3]
AsarlariTahrirlash
Birinchi sheʼri 1957-yilda eʼlon qilingan.
- „Karvon yoʻli“ (1968);
- „Aks-sado“ (1970);
- „Tasvir“ (1973);
- „Xotirot“ (1974);
- „Koʻzlar“ (1976);
- „Qaytish“ (1981);
- „Sabr daraxti“ (1986);
- „Sukunat“ (1991);
- „Tavba“ (2001) sheʼriy toʻplamlari bor.
Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi sheʼrlari bilan tanilgan. Shoir soʻzning rang va ohanglaridan, sheʼriy tasvir vositalaridan oʻziga xos uslubda foydalanadi. Sheʼrlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan[4].
Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Karlo Kaladzent „Dengiz xayoli“ va boshqa jahon sheʼriyati klassiklarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[5]
VafotiTahrirlash
Rauf Parfi 2005-yil 28-martda Toshkent shahrida 61 yoshida vafot etadi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Rauf Parfi: Antologiya sudbi
- ↑ „Oʻzbekistonda Rauf Parfining yubileyini keng nishonlashga ruxsat berilmagan“, BBC Oʻzbek (25-sentabr 2013). Qaraldi: 25-sentabr 2013.
- ↑ „Rauf Parfining Navoiy kutubxonasida oʻtkazilishi rejalangan yubileyi taqiqlandi“, Ozodlik radiosi (19-sentabr 2018). Qaraldi: 29-sentabr 2018.
- ↑ Rauf Parfi[sayt ishlamaydi]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
HavolalarTahrirlash
- Rauf Parfi: Nahotki bu elning qahramoni yoʻq?…
- Arboblar.uz Arxivlandi 2020-09-29 Wayback Machine saytida.
- Mytashkent.uz
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |