Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Chala maqolani to'ldirdim
Qator 1:
[[Fayl:Rabies Virus EM PHIL 1876.JPG|thumb|Quturish virusining elektron mikrotasviri]]
'''Quturish''' — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli [[zoonoz kasallik]]; [[tomir tortishishi]], [[Falaj|falajlik]], [[hiqildoq]] va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan (qarang [[Gidrofobiya]]). Fransuz olimi Lui Paster XIX asrning 2-yarmida quturish kasalligiga qarshi [[Vaksinalar|vaksina]] kashf etdi, shu sababli quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansiyalari deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan soʻng vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi. Qoʻzgʻatuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3—5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud boʻladi.
 
Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14—16 kun. Shundan keyin bezovtalik, yirtqichlik, xatti-harakatning oʻzgarishi, koʻp soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon oʻlib qoladi.
 
Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqa jonivorlar tishlaganida yoki soʻlagi teri yuzasiga tushganida yuqadi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun) davom etadi. Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda uzoqroq boʻladi<ref>{{Kitob manbasi|title=Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi}}</ref>.
 
== Etiopatogenezi ==
Kasallik kechishida 3 davr kuzatiladi: darakchi davr — odatda kasallik asta-sekin boshlanadi, lohaslik, bosh ogʻrishi, biroz isitma koʻtarilishi kuzatiladi. Bemorning kayiyati oʻzgaradi, hech narsa yoqmay, yolgʻizlikni istaydi; ovqat yemaydi. Tishlangan joydagi yara bitib ketgan boʻlsa ham oʻsha sohada ogʻriq paydo boʻlishi muhim belgi hisoblanadi; qoʻzgʻolish (besaranjomlik) davri — nafas olish azobga aylanadi. Bemor jonsarak, behalovat boʻlib qoladi. Muskullari, xususan, yutqin va hiqildoq muskullari tirishadi; salgina shamol yoki bir oz taʼsirot tufayli xuruj takrorlanaveradi. Nafas olish qiyinlashadi, [[gidrofobiya]], [[aerofobiya]] alomatlari paydo boʻladi. Soʻlagi koʻp oqadi. Isitma koʻtariladi (39—40° gacha). Tirishish vaqtida nafas toʻxtab, kishi oʻlib qolishi ham mumkin; falajlanish davri — bunda muskullar falajlanib, bemor tinchib qoladi, lekin hushi saqlanadi. Falajlanish pastdan yuqoriga koʻtarilib boradi va yurak toʻxtashi, nafas markazi falajlanishi oqibatida oʻlim sodir boʻladi.
Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi rabdoviruslar guruhiga mansub. U ko‘pchilik issiqqonli hayvonlar uchun patogen bo‘lib, bemor kasallik klinik
 
belgilari boshlanishidan 7-8 kun oldin so‘lagi bilan virus chiqara boshlaydi. Shikastlangan teri orqali kirgandan keyin virus nerv stvollari orqali bosh miyaga etib boradi va unda shish, qon quyilishi va nerv hujayralarining degeneratsiyasini chaqiradi  Virus so‘lak bezlariga tushadi va so‘lak orqali tashqi muhitga ajraladi.
Quturishning oldini olish uchun xonadonda boqiladigan itlar roʻyxatga olinishi va profilaktik tarzda quturishga qarshi emlanishi lozim. Odamni tishlagan it maʼlum boʻlsa, u veterinar nazoratida 10 kun ushlab turiladi. Agar u quturgan boʻlsa, shu muddat ichida oʻladi. It tishlagan odamga tibbiy yordam poliklinikalar qoshidagi [[travmatologiya]] punktida koʻrsatiladi. It tishlaganda darhol shu punktlarga murojaat qilish, ungacha tishlangan sohani darhol sovunlab yuvish va atrofiga yodning spirtli eritmasini surtish kerak. Hosil boʻlgan yara tikilmaydi. Iloji boricha ertaroq quturishga qarshi kultural vaksina yuborishni boshlash kerak, shunda emlash boshlanganidan 2 hafta oʻtgach, immunitet paydo boʻlishi mumkin.
Quturish maxsus (spetsifik) ensefalitga o‘xshab kechadi. Bir necha oydan bir yilgacha cho‘ziluvchi inkubatsion davrdan (ko‘pincha 20-90 kun) keyin boshlanadi. Inkubatsion davrning davomiyligi infitsirlanish dozasiga va jarohatning joylashuviga (miyaga uzoq yoki yaqinligiga) bog‘liq.
== Adabiyotlar ==
{{OʻzME}}
 
== Klinik ko‘rinishi ==
{{chala}}
inkubatsion davrdan keyin kasallikning prodromal davri (davomiyligi 1-3 kun), bu vaqtda esa kuzatiladi: tishlangan joy shishadi, tishlangan joyga yaqin joylashgan nervlarda nevralgiya, umumiy madorsizlik, tana haroratining oshganligi, uyquning buzilishi. Keyin esa kasallikning avj olish bosqichi boshlanadi: suvdan qo‘rqish, tamoq va hiqildoq mushaklarining og‘riqli qisqarishlari, ba’zan suv ichishga harakat qilganida nafasning to‘xtashi, keyinchalik esa oqayotgan suvni ko‘rganda yoki ovozini eshitganda, yoki suv
{{Tashqi havolalar}}
haqida gapirganda mushaklar qisqarishi. Xurujlar bir necha soniya davom etadi va so‘nadi. Shu jumladan psixomotor qo‘zg‘alish xurujlari kuzatiladi: bemorlar agressiv bo‘lib qoladilar, baqiradi, mebellarni sindirib odamga xos bo‘lmagan kuchlar ishlatadi
 
== Diagnostikasi ==
Tishlangan jarohatning topilishi yoki hayvon so‘lagining shikastlangan teriga tushishi katta ahamiyatga ega. Odamda muhim belgilardan biri bu suvdan qo‘rqish, suv yoki ovqatlarni ko‘rganda yutish mushaklarining spazmi yuz berishi tufayli bemorlar hatto bir stakan suv ham icha olmaydilar. Havoning bir ozgina harakati ham mushaklar qisqarishiga sabab bo‘ladi – aerofobiya. So‘lak oqishining kuchayishi bunday bemorlarga xos belgilardan bo‘lib, so‘lagi og‘iz burchagidan doim oqib turadi. Diagnozni laboratoriyada tasdiklash talab qilinmaydi.
 
== Davolash ==
. Kasallikning belgilari boshlanganidan keyin bemorlarni qutqarib bo‘lmaydi. Davolashning samarali usullari yo‘qligi bemorlar hayotini qutqarish muammosini tug‘diradi. Bemorlar ahvolini engillashtirish uchun simptomatik muolajalardan foydalaniladi. Bemorlarni qorong‘i va tinch palatalarga joylashtiriladi. Harakat qo‘zg‘alishlarini to‘xtatish uchun sedativ vositalar buyuriladi, tutqanoq xurujlari kuraresimon vositalar yordamida bartaraf qilinadi. Nafas buzilishlarini trexeotomiya va sun’iy nafas olish apparatiga ulash bilan bartaraf qilinadi<ref>{{Kitob manbasi|title=Xirurgik kasalliklar ToshTA 2020|author=Ergashev U.Y.}}</ref>.
 
== Profilaktikasi ==
Kuchuklarda quturishni yo‘qotish maqsadida daydi kuchuklar yo‘qotiladi. Kasal yoki gumonli kuchuk tishlagan odamlar jarohati tezlik bilan qaynatilgan iliq 20% li sovunli suvda yuviladi, keyinchalik esa 70% spirt yoki yodning spirtli damlamasi bilan ishlov beriladi. Iloji boricha tezroq vaksinatsiya o‘tkazilishi zarur. Bunda antirabik zardob yoki antirabik immunoglobulin jarohat devorlariga va atrof to‘qimalarga yuboriladi. Shuni bilish kerakki emlash kuchuk tishlaganidan keyin 14 kun ichida va qat’iyan emlash qoidalari bilan qilinsagina samarali bo‘ladi, bu muddatdan keyin esa emlashning xojati qolmaydi. Quturishning oldini olish uchun xonadonda boqiladigan itlar roʻyxatga olinishi va profilaktik tarzda quturishga qarshi emlanishi lozim.
 
== Manbalar ==
[[Turkum:Alifbo boʻyicha kasalliklar]]
[[Turkum:Kasalliklar]]
[[Turkum:Xirurgik kasalliklar]]
[[Turkum:Yuqumli kasalliklar]]