UNIX: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot: Umumiy tuzatmalar
Qator 41:
Tizimning birinchi nomi UNICS sifatida qisqartirilgan ''Uniplexed Information and Computing Service'' edi. Bu nom 1970-yilda Multicsga oʻxshab berilgan. Ammo oxir-oqibat operatsion tizim Unix nomi bilan mashhur boʻldi.
 
Unix tizimining birinchi versiyalari assembler tilida yozilgan va oʻrnatilgan yuqori darajali kompilyatorga ega emas edi. Taxminan 1969-yilda Ken Tompson Dennis Ritchi yordamida Bi (B) tilini ishlab chiqdi va tadbiq etdi. Bu til 1966-yilda ishlab chiqilgan BCPL tilining soddalashtirilgan (minikompyuterlarda amalga oshirish uchun) versiyasi edi. Bi, BCPL kabi, talqin qilingan til edi. 1972-yilda Unixʼning Bi tilida qayta yozilgan ikkinchi nashri chiqdi. 1969-19731969—1973-yillarda Bi asosida Si (C) deb nomlangan kompilyatsiya qilingan til ishlab chiqilgan.
 
1973-yilda Unixʼning uchinchi nashri oʻrnatilgan C kompilyatori bilan chiqdi. Oʻsha yilning 15-oktyabrida tizimning toʻrtinchi nashri yadrosi C tilida qayta yozildi (Multics tizimi ruhida, shuningdek, PL/1 yuqori darajadagi tilda yozilgan). 1975-yilda beshinchi nashri C tilida butunlay qayta yozib chiqildi.