Zomin tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v2: Umumiy tuzatmalar
Qator 62:
}}
 
'''Zomin tumani''' — [[Jizzax viloyati]]dagi tuman. 1926 -yil 29 -sentabrda tashkil etilgan (1962 -yil 24 -dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964 -yil 31 -dekabrda qayta tuzilgan. Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,87 ming km{{sup|2}}. Aholisi 150 ming kishi (2010). Zomin tumanida 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Chorvador, Shirin, Yangi-hayot, Gʻallakor) bor. Markazi — Zomin shaharchasi.
 
== Tabiati ==
Qator 68:
 
== Aholisi ==
Aholisi, asosan, oʻzbeklar. Shuningdek, qirgʻiz, rus, tatar, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km{{sup|2}} ga 42 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 28118 ming kishi (2018-yil 1-yanvar holatiga koʻra) .
 
== Xoʻjaligi ==
Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik va chorvachilik asosiy oʻrinni egallaydi. Tumanda shirkat, fermer, jamoa xoʻjaliklari, 2 oʻrmon xoʻjaligi mavjud. 197 ming gektar yerda dehqonchilik qilinadi. Gʻalla, poliz, sabzavot, yem-xashak ekinlari, kartoshka yetishtiriladi. Pichanzorlar, yaylovlar, tokzorlar va koʻchatzorlar bor. Qoramol, qoʻy-echki (shu jumladan qorakoʻl qoʻylari), ot, parranda boqiladi. 40 dan ziyod xususiy, 14 kichik korxona, 40 dan ortiq tijorat doʻkonlari faoliyat koʻrsatadi. 75 ta umumiy taʼlim maktabi boʻlib 30 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqsa. Litsey, gimnaziya bor. 11 klub, 34 kutubxona, 385 oʻrinli 3 shi-foxona, 8 qishloq davolash ambulato-riyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 5 do-rixona, 94 maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchasi, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Tuman hududidan qadimgi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Ustrushona, Zomin, Peshagʻar kabi tarixiy joylar, koʻhna qalʼa qoldiqlari, qadimiy qabristonlar saqlangan. 1933 -yildan „Sharq tongi“ gazetasi chiqadi (adadi hozirda 1000). Tuman hududidan Toshkent — Samarqand temir yoʻli oʻtgan. Zomin — Toshkent, Zomin—Jizzax, Zomin — Guliston kabi yoʻnalishlarda avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==