Proteinlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl: Protein_mosaic.jpg|thumb|protein model mosaic.]]
'''Oqsillar''', '''proteinlar''' — molekulalari aminokislotalar qoldigʻidan tuzilgan (bir-biri bilan, asosan, amin va karboksil guruxlari orqali birikkan) moddalar. Suvda va tuzli eritmalarda eruvchanligiga koʻra, P.ga tegishli oqsillar 7 xilga ajratiladi: albulinlar, globulinlar, glutaminlar, gistonlar, prola-minlar, protaminlar, skleroprote-inlar. Pepsin, tripsin, ximotrip-sin, papain kabi proteolitik fermentlar ham P.ga taalluqli. P. termini, koʻpincha, oqsillar sinoni-mi sifatida qoʻllanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Qator 14:
Oqsillar.da ketma-ket joylashgan aminokislota qoldiqlari uzun zanjirni yoki Oqsillarning birlamchi tuzilmasini tashkil etadi. Oʻz navbatida, Oqsil.ning har xil joyida joylashgan aminokislota qoldiqlari tarkibidagi kimyoviy moddalar oʻzaro har xil boglar bilan bogʻlanishi natijasida O.ning murakkab ikkilamchi, uchlamchi va toʻrtlamchi tuzilmalari qosil boʻladi. Yuqorituzilishdagi tuzilmalar fizik va kimyoviy omillar (yukrri harorat, kislota, ishqor va boshqalar) taʼsirida quyi tuzilishdagi shakllarga qaytadi (bu hodisa Oqsil. denaturatsiyasi deb ataladi), natijada ular oʻz biologik faolligini yoʻqotadi. Ammo ayrim hollarda ta-shqi taʼsir yoʻqotilsa, Oqsil. yuqori koʻrinishdagi shakllariga qaytadi.
 
Oqsil. tuzilishi va vazifalari boʻyicha xilma-xil. Tuzilishiga koʻra, 2 katta guruhga boʻlish mumkin: globulyar va fibrillyar. Globulyar O., asosan, sferik yoki ellips shaklida boʻlib, ular tarkibiga boshqa guruh moddalar ham qoʻshilgan (prostetik guruh). MacMasalan, gemoglobin globin va gemning qoʻshil-masidan hosil boʻlgan, shuning uchun uni yana gemoproteid deb ham atashadi. Lipid tutuvchi Oqsil. lipoproteidlar, uglevod tutuvchilar — glikoproteidlar, metall tutuvchilar — metall proteidlar deyiladi.
 
Fibrillyar Oqsil. — bir yoki bir necha polipeptid zanjirdan tashkil topgan moddalar. Ular uzun ip koʻri-nishida boʻladi. Biriktiruvchi toʻqima (aktin, miozin, kollagen), soch, teri (a-keratin) Oqsillari bunga misol boʻla oladi. Fibrillyar Oqsillar., asosan, qurilish ashyosi yoki himoya vazifasini bajaradi.