Kosmogoniya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) {{stub → {{chala (xato haqida xabar berish) |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Kosmogoniya''' (kosmos va ... goniya) — koʻzatilayotgan Koinotning barcha turdagi jismlari va ular sistemalari (sayyoralar va ularning tabiiy yoʻldoshlari, Quyosh sistemasi, yulduzlar, galaktikalar va boshqalar) ning paydo boʻlishi va taraqqiyotini asosan, Nyuton mexaniqasi doirasida oʻrganuvchi fan. K. nazariyalari va gipotezalari jismlarni astronomik usullar bilan kuzatuv natijasida vujudga keladi. Roʻy berayotgan kosmogonik jarayonlarga oid kuzatuv maʼlumotlariga ega boʻlish bevosita astrofizikaning asosiy masalalaridan hisoblanadi. K. astronomik tadqiqot usullaridan tashkari yana nazariy fizika qonunlari va maʼlumotlariga ham suyanadi. K. shartli ravishda galaktikalar, yulduzlar va sayyoralar K.lariga boʻlinadi.
Amerikalik olim J. Jinsning gravitatsion beqarorlik nazariyasi K.ning eng asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Unga koʻra, Koinotning ulkan bulutida protogalaktikalar yoki ularda protoyulduzlar paydo boʻlishi uchun gravitatsion beqarorlik mezoni bajarilishi shart. Xususan, zichligi barcha nuqtalarda deyarli bir xil boʻlgan muhitda biror sabab bilan toʻlqinlashish roʻy berib, oʻlchami 1 ga teng biror "quyuklik" shakllana boshlasa, u yanada quyuqlashib (siqilib) borishi uchun quyidagi munosabat boʻlishi lozim: X>\=i yj^G / r (i — gaz atomining oʻrtacha issiqlik tezligi, G — gravitatsion doimiylik, r—zichlik).
Natijada massasi rAg ga teng protobulut hosil boʻladi.
Sayyoralar K.sida ularning vujudga kelish nazariyasini ishlab chiqishda quyidagi kuzatuv maʼlumotlari toʻla hisobga olinishi lozim: 1) Pluton orbitasi ichidagi 8 ta sayyora orbitalari tekisliklari oʻzaro juda yaqin va ular Quyosh ekvatori tekisligi bilan deyarli ustma-ust toʻshadi; 2) barcha sayyoralar Quyosh atrofida aylanaga yaqin orbitalar boʻylab va aynan Quyoshning oʻz oʻqi atrofida aylanish yoʻnalishi boʻyicha harakatlanadi; 3) sayyoralarning oʻz oʻqi atrofida aylanish yoʻnalishi ular orbitalari boʻyicha harakati yoʻnalishi bilan bir xil (Venera va Urandai tashqari); 4) sayyoralarning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi Titsius — Bode qonuniga boʻysunadi; 5) sayyoralar oʻz fizik holatlari boʻyicha keskin 2 guruhga boʻlinadi: gigant va Yer tipidagi sayyoralar; 6) Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar massalari yigʻin-disi Quyosh massasidan 750-marta kichik boʻlsada, butun Quyosh sistemasi aylanish momentining 98% sayyoralarga tegishli; 7) barcha gigant sayyoralar halqalarga va koʻp (hatto bir necha oʻn) tabiiy yoʻldoshlarga ega.
|