Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k fix
Qator 12:
 
Nizomni qayta ko’rib chiqish imkoniyatlarini ko’zda tutgan 109-moddaning 30bandi Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan Bosh Assambleyaning 1955 yildagi navbatdagi o’ninchi sessiyasida ko’rib chiqilgan va uning dastlabki shaklida: «Xavfsizlik Kengashining ettita har qanday a’zosi ovozi bilan» qoldirilgan edi.
 
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi
Qator 32 ⟶ 31:
 
Shunga binoan, bizning tegishli hukumatlarimiz San-Frantsisko shahrida to’plangan, o’zlarining haqiqiy deb topilgan vakolarnomalarini taqdim etgan vakillari orqali Birlashgan Millatlar Tashkilotining uchbu Nizomini qabul qilishga rozilik berdilar va shu asosda «Birlashgan Millatlar» deb nomlangan xalqaro tashkilot ta’sis etdilar.
 
 
I BOB. MAQSAD VA PRINTSIPLAR
Qator 64 ⟶ 62:
 
7. Ushbu Nizom Birlashgan Millatlar tashkilotiga har qanday davlatning aslida ichki vakolatiga kiradigan ishlariga aralashish uchun aslo huquq bermaydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining A’zolaridan bunday ishlarni ushbu Nizom doirasida hal etishga kiritishni talab etmaydi; ammo ushbu printsip VII bobga asoslanib, majburiy choralar qo’llanishiga daxldor emas.
 
 
II BOB. TASHKILOT A’ZOLARI
Qator 84 ⟶ 81:
 
Tashkilotning ushbu Nizomda ko’rsatilgan printsiplarni muttasil ravishda buzib kelgan A’zosi Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga binoan Bosh Assambleya Tashkilotidan chiqarilishi mumkin.
 
 
III BOB. ORGANLAR
Qator 96 ⟶ 92:
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’zining asosiy va yordamchi organlarida erkak bilan xotin-qizlarning istagan vazifada va teng sharoitlarda qatnashish huquqini hech ham cheklamaydi.
 
 
IV BOB. BOSH ASSAMBLEYA
Qator 187 ⟶ 182:
 
Bosh Assambleyaga o’z vazifalarinibajarish uchun zarur deb topgan yordamchi tashkilotkarni ta’sis etishiga vakolat beriladi.
 
 
V BOB. XAVFSIZLIK KENGASHI
Qator 251 ⟶ 245:
 
Tashkilotning Xavfsizlik Kengashi a’zoligida turmagan har qanday a’zosi yoki Tashkilotning a’zoligida turmagan har qanday davlat, Xavfsizlik Kengashi ko’rib chiqadigan nizoda qatnashuvchi tomon bo’lsa, ular shu nizoga taaluqli muhokamada ovoz berish huquqidan foydalanmay qatnashish uchun taklif etiladi. Xavfsizlik Kengashi Tashkilot A’zosi bo’lmagan davlatning qatnashuvi uchun qanday sharoitni adolatli deb topsa, o’shanday sharoitni vujudga keltiradi.
 
 
VI BOB. NIZOLARNI TINCH YO’L BILAN HAL QILISH
Qator 289 ⟶ 282:
 
Xavfsizlik Kengashi, agar har qanday nizoda qatnashuvchi barcha tomonlar iltimos qilsalar, 33-37-moddalarning qoidalariga putur etkazmasdan tomonlarga shu nizoni tinch yo’l bilan bartaraf etish maqsadida tavsiyalar berishga vakil qilinadi.
 
 
VII BOB. TINCHLIKKA TAHDID QILISH, TINCHLIKNI BUZISH VA BOSQINCHILIK HARAKATLARIGA NISBATAN KO’RILADIGAN CHORALAR
Qator 353 ⟶ 345:
 
Ushbu Nizom Tashkilot A`zosiga qurolli hujum qilingan taqdirda, Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun zarur choralar ko‘rmaguncha, uning alohida yoki birgalikda o‘z-o‘zini mudofaa qilishdan iborat ajralmas huquqiga also monelik qilmaydi. Tashkilot A`zolarining o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqini amalga oshirishda ko‘rgan choralari Xavfsizlik Kengashiga darhol ma`lum qilinishi va uning mazkur Nizomga muvofiq hamma vaqt xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoki tiklash uchun qanday chorani zarur topsa, uni amalga oshirishda Xavfsizlik Kengashiga berilgan vakolatlarga va uning mas`uliyatiga hech bir daxl qilmasligi kerak.
 
 
VIII BOB. MINTAQAVIY BITIMLAR
Qator 375 ⟶ 366:
 
Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun mintaqaviy bitimlar asosida yoki mintaqaviy organlar tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan harakatlar haqida hamisha to‘liq xabardor qilinib turishi lozim.
 
 
IX BOB. XALQARO IQTISODIY VA IJTIMOIY HAMKORLIK
Qator 409 ⟶ 399:
 
Tashkilotning ushbu Bobda ko‘rsatilgan vazifalarini bajarish uchun mas`uliyat Bosh Assambleyaga va Bosh Assambleya rahbarligida Iqtisodiy va Ijtimoiy Kehgashga yuklanadi, unga X bobda ko‘rsatilgan vakolatlar beriladi.
 
 
X BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASH TARKIBI
Qator 489 ⟶ 478:
 
2. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash zaruratga qarab, shaxsiy qoidalariga muvofiq chaqiriladi, bu qoidalar o‘z a`zolarining ko‘pchiligi talabi bilan majlis chaqirish tartibini ham o‘z ichiga olmog‘i kerak.
 
 
XI BOB. O‘ZINI O‘ZI BOSHQARMAYDIGAN HUDUDLARGA TAALLUQLI DEKLARATSIYA
Qator 509 ⟶ 497:
 
Tashkilot A`zolari o‘zlarining ushbu Bobning ta`siri o‘tadigan hududlarga nisbatan o‘tkaziladigan siyosatlari, o‘z metropoliyalaridagi siyosatlaridan kam bo‘lmagan darajada, yaxshi qo‘shnichilik umumiy prinsipiga, ijtimoiy, iqtisodiy va savdo ishlarida dunyoning barcha mamlakatlari manfaatlarini va farovonligini tegishlicha hisobga olishga asoslanishi lozim, degan fikrga ham qo‘shiladilar.
 
 
XII BOB. XALQARO VASIYLIK TIZIMI
Qator 579 ⟶ 566:
 
2. Bosh Assambleya rahbarligi ostida ishlaydigan Vasiylik Kengashi shu vazifalarni bajarishda Bosh Assambleyaga yordam beradi.
 
 
XIII BOB. VASIYLIK KENGASHI
Qator 633 ⟶ 619:
 
Vasiylik Kengashi tegishli hollarda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning va ixtisoslashgan muassasalarning o`zlari manfaatdor bo`lgan masalalar bo‘yicha yordamidan foydalanadi.
 
 
XIV BOB. XALQARO SUD
Qator 661 ⟶ 646:
 
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa organlari va Bosh Assambleya bunga istagan vaqtda ruxsat berishi mumkin bo‘lgan ixtisoslashgan muassasalar ham o‘zlarining faoliyat doirasi chegarasida kelib chiqadigan yuridik masalalar bo‘yicha Sudning konsultativ xulosalarini talab qilishi mumkin.
 
 
XV BOB. KOTIBIYAT
Qator 689 ⟶ 673:
 
3. Xizmatga qabul qilish va xizmat shartlarini belgilashda, asosan, ishchanlik, bilimdonlik, halollikni yuksak darajada bo‘lishini ta`minlash zaruriyatidan kelib chiqish kerak. Xodimlarni mumkin qadar kengroq jug‘rofiy asosda tanlashning muhimligiga ko‘proq e`tibor berish kerak.
 
 
XVI BOB. TURLI QOIDALAR
Qator 713 ⟶ 696:
 
3. Bosh Assambleya ushbu moddaning 1- va 2- bandlarini tadbiq etish holatlarini aniqlamoq uchun tavsiyalar berishi, shuningdek, Tashkilot A`zolariga shu maqsadda Konvensiyalar taklif etishi mumkin.
 
 
XVII BOB. O‘TISH DAVRIDAGI XAVFSIZLIK TADBIRLARI
Qator 723 ⟶ 705:
 
Ushbu Nizom Ikkinchi jahon urushi tufayli tegishli hukumatlarning shu urush davomida ushbu Nizomni imzolagan davlatlardan har qandayining dushmani bo‘lgan har qanday davlatga nisbatan amalga oshirgan yoki oshirilishini ma`qullagan choralarini aslo yuridik kuchdan mahrum qilmaydi, shuningdek, bunday choralarni qo‘llashiga to‘sqinlik qilmaydi.
 
 
XVIII BOB. TUZATISHLAR
Qator 737 ⟶ 718:
 
3. Agar shunday Konferensiya ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab hisoblaganda Bosh Assambleyaning o‘ninchi yillik sessiyasigacha bo‘lib o‘tmasa, shunday Konferensiya chaqirish to‘g‘risidagi taklif Bosh Assambleyaning shu sessiyasi kun tartibiga kiritiladi va Bosh Assambleya A`zolarining oddiy ko‘pchiligi ovozi bilan va Xavfsizlik Kengashining istalgan yetti a`zosi ovozi bilan Konferensiya chaqiriladi.
 
 
XIX-BOB. RATIFIKATSIYA QILISH VA IMZOLASH
Qator 757 ⟶ 737:
 
Bir ming to‘qqiz yuz qirq beshinchi yil yigirma oltinchi iyunda San-Franisisko Shahrida tuzildi.
 
 
Manba: http://unagencies.undp.uz/unic/uzb