Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Turkum: Javob
Qator 33:
::::::::: Maqoladagi har bir gapni oʻzingiz yozishingiz kerak. Faktlar keltiriganda boshqa saytlarni, kitoblanri manba qilib koʻrsatsa boʻladi. Rasmiy saytlarni havolalarda bersa boʻladi. Yana bir yoʻl boshqa Vikilardagi maqolalarnni tajima qilish. Chunki vikiga kiritilgan maʼlumot avtomatik ravishda ''public domain''ga oʻtadi, yaʼni „hammaniki“ boʻladi. Iltimos, buni jiddiy qabul qiling. Boshqa joydan shunchaki koʻchirilgan dostondan oʻzingiz yozgan bitta gap yaxshi. [[Foydalanuvchi:Nataev|Nataev]] <sup>[[Foydalanuvchi munozarasi:Nataev|munozara]]</sup> 10:15, 18 noyabr 2012 (UTC)
:::::::::: Copyrighted maʼlumotni qoʻshganlar Wikimedia Foundationni sudlay oladi. Shunday qilishadi ham tez-tez chet mamlakatlarda. Hali Oʻzbekiston kabi rivojlanmagan mamlakatlarda bu narsa amalda qoʻllanilmaydi. Ammo biz Viki jamiyatining qoidalari bilan ishlaymiz. Hozir boʻlmasa kelajakda muammo chiqadi. [[Foydalanuvchi:Nataev|Nataev]] <sup>[[Foydalanuvchi munozarasi:Nataev|munozara]]</sup> 10:18, 18 noyabr 2012 (UTC)
:::::::::::: Sezgan bo'lsangiz, kopi-peyst yordamida yaratilgan maqolalarni to'g'rilab, vikilashtirib chiqyapman (sizning gaplaringiz ta'sirida emas, shunchaki Andijon viloyati sahifasida tumanlar nomi qizil rangda chiqib turishini ko'rgim kelmaganidan). Tahrirlash jarayonida manbasini ham ko'rsatyapman (atigi bitta manba, boshqa manba yo'q). Doston yozayotganim yo'q, buning ustiga, Andijon tumanlari haqida doston yozolmayman ham. Sizning boshqa bir gapingizga ham javob: Jalaquduq tumani haqidagi ma'lumotlarni ruscha Vikidan tarjima qildim, lekin ruscha Viki u ma'lumotlarni Andijon hokimligi saytidan olgan. Men ham o'sha saytdan olgan bo'lardim, lekin aynan Jalaquduq tumani haqida ma'lumotlar joy olgan sahifa ochilmadi.
 
Nima qilay? Agar bu tahlit ishlashim Vikipediya qoidalariga zid bo'lsa - marhamat, Andijon tumanlari haqidagi barcha maqolalarni o'chiring - ularning hech biri siz keltirgan talablarga javob bermaydi, meni esa, lutfan, bloklashingiz mumkin. E'tiboringiz uchun rahmat! - Muhrim 10:26, 18 noyabr 2012 (UTC).