Vikipediya:Konverter: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Misol: Davomi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
[[Oʻzbekcha Vikipediya]]dagi maqolalar [[lotin yozuvi]]da yoziladi. Ammo har qanday maqolani [[kirill yozuvi]]da oʻqish imkonini yaratish uchun lotin yozuvini kirill yozuviga oʻgiruvchhi konverter yaratilgan. Hozir istagan sahifani lotin yoki kiril yozuvida oʻqish mumkin. Buning uchun xohlagan sahifani ochib tepada joylashgan „oʻzbekcha” degan yerdan kerakli alifboni tanlash kifoya.
 
Konverter 100 % toʻgʻri transliteratsiya qilmaydi. Bunga bir necha sabab bor. Birinchidan, lotin yozuvida yozganda koʻpchilik '''[[vikifikator]]'''dan foydalanib inglizcha [[apostrof]]ni oʻzbekcha [[okina]]larga aylantirmaydi. Ikkinchidan, qoidalarga istisnolar bor. Masalan, konverter „''o'''ts'''a''“ni „''о'''тс'''а''“, ammo „''ra'''ts'''iya''“ni „''ра'''ц'''ия''“ qilish kerakligini bilmaydi. Uchinchidan, lotin yozuviga oʻtgandan soʻng oʻbek tili imlosiga yangi qoidalar kiritildi. Masalan, „'''''ц'''ирк''“ „'''''s'''irk''“ boʻladi, ammo „''эвол'''юц'''ия''“ „''evol'''uts'''iya''“ boʻladi.
 
Yaxshi yozilgan va vikifikator bilan tartibga keltirilgan maqolalarni konverter juda yaxshi transliteratsiya qiladi. Masalan, mana bu maqolani koʻring: [[Usmon Matkarimov nomli №4-oʻzbek gimnaziya]].