Svetlana Valeriyevna Osipova (2000-yil 3-may,Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi. 2017-yilda Yopiq maydonlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda u Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medalini, 2019-yilda u Butunjahon harbiy oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.O'zbekistonga qaytib keldi.

Svetlana Valeriyevna Osipova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 3-may 2000-yil (2000-05-03) (23 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Taekvondo
Sport mukofotlari
Yopiq maydonlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari
Kumush Ashxobod 2017 73kg gacha
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Bronza Jakarta 2018 67kg dan ortiq
Butunjahon harbiy oʻyinlari
Oltin Uxan 2019 78 kg dan ortiq

Sportdagi faoliyati tahrir

2017-yilda Ashxobodda (Turkmaniston) oʻtkazilgan Yopiq maydonlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan.U 73 kg gacha vazn toifasida finalda janubiy korealik sportchi Myung Minaga magʻlub boʻlib,kumush medal sohibasi boʻldi[1][2].

Yana 2018-yilda Svetlana Osipopova "French Open" xalqaro turnirida yarim finalda fransuz sportchisi Solena Avoulettega imkoniyatni boy berib,bronza medalini qoʻlga kiritdi.Oʻsha yili u Jakartadagi (Indoneziya) 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida janubiy koreyalik sportchi Kim Bich-Naga yutqazib,67 kg dan ortiq vazn toifasida jang olib bordi va u bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].

Yana u 2019-yilda Uxanda (Xitoy) oʻtkazilgan Butunjahon harbiy oʻyinlarida 78 kg dan ortiq vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻldi[4].

2021-yilda Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo qit’asi sportchilari oʻrtasidagi Lisenzion tayekvondo turnirida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olishga muvaffaq boʻldi[5].

2021-yil Tokiodagi (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 67 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ishtirok etadi.1/8 finalda u qozogʻistonlik tayekvondochi Jansel Deniz bilan toʻqnashib,9:10 hisobida ustunlikni boy beradi[6].

Manbalar tahrir

  1. „South Korea and Iran share spoils on day two of Ashgabat 2017 taekwondo action“. www.insidethegames.biz (1505832900). 2019-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  2. „AIMAG_TK_resultsBook“ (2018-yil 3-dekabr). 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  3. „AG2018_OfficialResultBook_Taekwondo_v1.0“ (2020-yil 8-iyun). 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  4. Ассоциация таэквондо WT Узбекистана. „Светлана Осипова: «Хочу поблагодарить руководство сборной Узбекистана и Ассоциации“. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  5. „Сборная Узбекистана по таэквондо впервые поедет на Олимпийские игры полным составом“.
  6. „Taekwondo Schedule & Results - 27 Jul | Tokyo 2020“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 25-iyul. [sayt ishlamaydi]