Maxwell Yalden
Maxwell Freeman Yalden (1930-yil 12-aprel, Toronto, Ontario, Kanada – 2015-yil 9-fevral, Ottava) – kanadalik davlat arbobi, siyosatchi va diplomat.
Maxwell Yalden | |
---|---|
Siyosatchi va diplomat | |
Mansab davri 1977-yil – 1984-yil | |
Hukumat boshligʻi |
Pyer Tryudo Jo Klark Pyer Tryudo |
Bosh vazir |
Jon Tyorner Brian Malroni |
Vorisi | D'Iberville Fortier |
Avvalgisi | Keith Spicer |
Kanadaning Lyuksemburgdagi elchisi | |
Mansab davri 24-may 1984-yil – 6-noyabr 1987-yil | |
Bosh vazir |
Jon Tyorner Brian Malroni |
Vorisi | Jacques J.A. Asselin |
Avvalgisi | D'Iberville Fortier |
Kanadaning Belgiyadagi elchisi | |
Mansab davri 31-avgust 1984-yil – 6-noyabr 1987-yil | |
Bosh vazir |
Jon Tyorner Brian Malroni |
Vorisi | Jacques J.A. Asselin |
Avvalgisi | D'Iberville Fortier |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-aprel 1930-yil Toronto, Ontario, Canada |
Vafoti |
9-fevral 2015-yil Ottava |
Turmush oʻrtogʻi | Janice Yalden |
Bolalari | Robert, Cecile |
Onasi | Mary Smith Yalden |
Otasi | Frederik Yalden |
Taʼlim |
Toronto universiteti Michigan universiteti Kembrij universiteti |
Kasbi | Diplomat |
Faoliyati | Davlat arbobi |
Ilmiy unvoni |
Sanʼat bakalavri Sanʼat magistri PhD |
Mukofotlari |
Maksvell Yalden 1930-yilda Kanadada Britaniya va Trinidaddan kelgan muhojirlar oilasida tavallud topgan. Toronto, Parij, Michigan va Kembrij universitetlarida tahsil olgan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng Moskva, Jeneva va Parijga diplomatik faoliyat olib borish uchun yuborildi. Keyinchalik Yalden Davlat kotibining tashqi ishlar boʻyicha oʻrinbosari maxsus maslahatchisi, tashqi ishlar boʻyicha davlat kotibining yordamchisi va aloqalar boʻyicha davlat kotibining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1977—1984-yillarda rasmiy tillar boʻyicha vakil boʻlgan. Bu lavozimda Yalden Kanadaning ikki tilli davlatga oʻtishida muhim rol oʻynadi va mamlakatning barcha aholisi oʻz ona tillarida davlat xizmatlari va boshqa turdagi yordamlardan foydalanish imkoniyatini taʼminladi. 1984-yildan 1987-yilgacha bir vaqtning oʻzida Kanadaning Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi boʻlib faoliyat olib borgan. 1984-yildan 1996-yilgacha Yalden Kanada Inson huquqlari boʻyicha komissiyaning bosh direktori lavozimida ishlagan. Bu lavozimda u jinsiy orientatsiya, jins va dinga aloqador holatlardagi diskriminatsiyalarga yoʻl qoʻyilmasligini qonunchilikda belgilash, turli ijtimoiy guruhlarning tibbiy xizmatlardan teng foydalanishini, sanitariya meʼyorlarini takomillashtirish orqali OITS tarqalishini kamaytirish, ayollar, nogironlar va qariyalar, etnik va irqiy ozchilik holatlarini yaxshilash, mahalliy xalqlarning huquqlari taʼminlashda muhim rol oʻynadi. Yalden 2004-yilgacha BMTning Inson huquqlari boʻyicha komissiyasi aʼzosi sifatida oʻz vazifasini bajargan. Kanadada inson huqularining himoya qilinish darajasini oshirishda qilgan say-harakatlari bilan ajralib turgan va amalga oshirgan islohotlari uchun Kanadaning Pleiadas and Companion bosh mukofotini olish bilan birgalikda ushbu davlatning koʻplab universitetlarida doktorlik darajasiga erishgan. Xalqaro darajada hurmat va ehtiromga ega boʻlgan Maxwell Yalden 2015-yil 84 yoshida vafot etdi.
Hayoti
tahrirYoshligi va taʼlimi
tahrirMaxwell Yalden 1930-yil 12-aprelda Torontoning Trinidad orolida tavallud topgan. Uning otasi, sotuvchi Frederik Yalden, va onasi, hamshira Mary Smith Buyuk Britaniyadan koʻchib kelgan[1].
Yalden 1952-yilda Toronto universitetining Viktoriya kollejida sanʼat bakalavri darajasini oldi va 1953-yilgacha Parij universitetida tahsil oldi. 1954-yildan 1956-yilgacha AQShning Michigan universitetida tahsil oldi va u yerda sanʼat magistri va falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. 1958-yilda Yalden Kembrij universitetida rus tili kurslarini tamomlagan[2][3].
Faoliyati
tahrir1956-yilda Yalden Kanada Tashqi ishlar vazirligida ish boshladi va ikki yildan soʻng Moskvadagi Kanada elchixonasining ikkinchi kotibi lavozimiga tayinlandi. Yalden 1960-yilda Jenevada oʻtkazilgan Qurolsizlanish boʻyicha 10 ta davlat konferensiyasida Kanada delegatsiyasining aʼzosi boʻldi va oʻsha yili Ottavaga qaytib, qurolsizlanish qoʻmitasida ishladi. 1963-yil avgust oyida Kanadaning Parijdagi elchixonasining birinchi kotibi etib tayinlandi va 1965-yilda esa kotib maslahatchi boʻldi. 1967-yilda Ottavaga Davlat kotibining tashqi ishlar boʻyicha oʻrinbosarining federal va provinsiya munosabatlari uchun mas’ul maxsus maslahatchisi sifatida qaytib keldi. Yalden 1969-yildan 1973-yilgacha Davlat kotibi yordamchisi boʻlib ishlagan va Kanadada ikki tilda rasmiy faoliyat olib borishni targʻib qilishda mas’ul shaxs hisoblangan[2]. 1973-yil may oyidan 1977-yil sentyabrigacha aloqa vazirining oʻrinbosarlik vazifalarini amalga oshirgan[4][5].
1977-yildan 1984-yilgacha Yalden Bosh vazir Per Tryudoning rasmiy tillar masalasi boʻyicha[6] ikkinchi komissari lavozimida ishlagan[7]. Ushbu lavozimda til ziddiyatlariga duch kelgan Yalden, tillar toʻgʻrisidagi qonunga nisbatan jamoatchilikning salbiy munosabatini yumshatishga muvaffaq boʻldi va uning baʼzi qoidalarini qayta koʻrib chiqish zarurligiga eʼtiborni qaratdi, shunda 1969-yilda qabul qilingan qonun huquq va erkinliklar ustavi normalariga toʻliq mos keladi[8][9]. Yalden butun Kanadani bir tilli davlatdan ikki tilli davlatga aylantirishni nihoyasiga yetkazmasa ham ushbu davlatning Moncton, Winnipeg, Montreal, Sudbury va Edmonton hududlarida Rasmiy Tillar Idorasining hududlardagi boʻlimlarini ochishda samarali harakatlarni amalga oshirdi. Bu orqali Yalden Kanada fuqarolariga muhim xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish boʻlgan[5][10][11].
1984-yil 24-maydan 1987-yil 6-noyabrgacha Yalden Kanadaning Lyuksemburgdagi, 1984-yil 31-avgustdan 1987-yil 6-noyabrgacha Belgiyadagi elchisi boʻlgan[12].
1984-yildan 1996-yilgacha Yalden Kanada Inson huquqlari boʻyicha komissiyasida bosh komissari lavozimida ishlagan[13]. U inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish va huquqbuzarliklarning ayrim holatlarini koʻrib chiqishda ham ishtirok etgan hamda davlat hokimiyati, boshqaruvi organlari va xususiy sektor tomonidan ushbu sohada erishilgan yutuqlarga har tomonlama baho berilgan yillik hisobotlarni parlamentga berishda mas’ul shaxs boʻlgan[2][10]. Shuningdek, Yalden Inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonunda jinsi, irqi va dinidan qatʼiy nazar kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmasligini belgilovchi qonunchilik normalarini oʻzgarishiga katta hissa qoʻshgan[10]. 1992-yilda Komissiya Federal Apellyatsiya sudida gomoseksuallarga qonun ostida teng himoya berilishi kerakligi haqida bahs olib bordi va natijada sudyalar federal hukumatning 1996-yilgi qonun loyihasini C-33 qonuniga asoslanib, jinsiy orientatsiyani diskriminatsiya deb hisoblagan. Yalden rahbarligida Komissiya bir jinsli juftliklar uchun ijtimoiy imtiyozlardan teng foydalanishni taʼminlashda faol ishtirok etdi va 1996-yilda Inson huquqlari boʻyicha tribunalga federal hukumatga barcha xodimlarga tibbiy va stomatologik xizmatlar uchun imtiyozli rejimni taqdim etishni buyurdi. Shu bilan birga, Yalden OIV/OITS bilan yashayotgan insonlarning huquqlari himoya qilish harakatning yetakchilaridan boʻlgan[7][14][15].
1993-yilda Yalden Inson huquqlari boʻyicha Butunjahon konferensiyasi tugagandan soʻng tuzilgan Milliy institutlarning Xalqaro muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining asoschisi va raisi boʻldi. 1996—2004-yillarda BMT Inson huquqlari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan[2][16][17].
Davlat xizmatidagi 50 yillik faoliyati davomida Yalden adolatni himoya qilishga tayyorligi bilan tanilgan va Kanadaning inson huquqlari boʻyicha eng faol himoyachiga aylangan[13]. 2011-yilda u lezbiyen, gey, biseksual, transgender va interseks odamlar uchun tenglikni ilgari surishdagi saʼy-harakatlari uchun Kanada Advokatlar Assotsiatsiyasining Ally mukofotini oldi[7]. 2014-yilda Yalden Viktoriya universitetidan „Eng yaxshi bitiruvchi“ mukofotini oldi[18]. Shuningdek, Yalden „Equitas“ Inson huquqlari boʻyicha taʼlim xalqaro markazining faxriy kengashi va direktorlar kengashi aʼzosi edi[19].
Vafoti va dafn marosimi
tahrirMaxwell Freeman Yalden 2015-yil 9-fevral kuni ertalab 84 yoshida Ottava kasalxonasida pnevmoniyadan qolgan asoratlar sababli vafot etdi[1][10][20]. U bilan 60 yildan ortiq turmush qurgan rafiqasi Jenis, oʻgʻli Robert va nabirasi Zoe qoldi. Yaldenning ikkinchi farzandi, qizi Sesil 1990-yilda baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi[1][20].
Rasmiy tillar boʻyicha amaldagi komissari Grem Freyzer shunday deydi: „uning doʻstligi men uchun qadrli edi. Men uning gʻayrati va maʼnaviy qatʼiyatiga qoyil qolardim va uning maslahatlari va fikrlarini qadrlardim. U har doim lingvistik ikkilikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Uning tafakkurining aniqligi va gʻoyalari teranligi insonni hayratlantirardi. Uning oilasiga chuqur hamdardlik bildiraman“[9][21].
Maxwell Yaldenning dafn marosimi aprel oyida[1] Beachwood qabristonida boʻlib oʻtdi.
Mukofotlari
tahrirYalden 1982-yilda faxriy doktor unvoniga sazovor boʻldi[22] va 1997-yilda Ottava universitetida huquqshunoslik fakulteti dotsenti boʻldi[2]. 1998-yilda Karleton universitetining huquqshunoslik fanlari faxriy doktori unvoni bilan taqdirlangan[23].
1986-yilda Yalden Pleiades ordeni sohibi boʻldi[20] [24]. 1988-yilda esa Kanada ordeni bilan taqdirlangan[25]. Yalden 2002-yilda Qirolicha Yelizaveta II Oltin yubiley medali[26] va 2012-yilda Olmos yubiley medali bilan taqdirlangan[27]. Shuningdek, Yalden Kanadaning 100 yilligi medali va Kanada Konfederatsiyasining 125 yilligi medali bilan taqdirlangan[24].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Civil servant Max Yalden was a fierce defender of human rights“. Globe and Mail (2015-yil 3-mart). 2015-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Maxwell Yalden“. Библиотека и Архив Канады. 2013-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Maxwell Yalden. U of T Great Past“. Торонтский университет. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Deputy Minister of Communications“. Парламент Канады. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ 5,0 5,1 „Maxwell F. YALDEN. Obituary“. Ottawa Citizen (2015-yil 14-fevral). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Commissioners of Official Languages“ (deadlink). Парламент Канады. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „Maxwell Yalden wins 2011 CBA SOGIC Ally Award“. Canadian Bar Association (2011-yil 12-avgust). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Statement From the Quebec Community Groups Network Following the Passing of Max Yalden“. Quebec Community Groups Network (2015-yil 11-fevral). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ 9,0 9,1 „Déclaration du commissaire aux langues officielles à la suite du décès de Max Yalden“. Commissioner of Official Languages (2015-yil 11-fevral). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 „Max Yalden championed human rights in Canada“. Toronto Star (2015-yil 12-fevral). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Commissioner Maxwell Yalden: Constitutional recognition of the equal status of English and French“. Commissioners of Official Languages. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Yalden, Maxwell Freeman (Career)“. Foreign Affairs and International Trade Canada. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ 13,0 13,1 „Remembering Max Yalden“. Canadian Human Rights Commission (2015-yil 12-fevral). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Yalden Steps Down“. The Canadian Encyclopedia (1996-yil 1-aprel). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Inside Canada's rights revolution“. Globe and Mail (2009-yil 20-noyabr). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Membership of the Human Rights Committee 1977 to 2014“. Управление Верховного комиссара ООН по правам человека. 2016-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Election of Yalden to UN Human Rights Committee“. Библиотека и Архив Канады (1996-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Maxwell Yalden Vic 5T2 2013 Distinguished Alumni Award Winner“. Университет Виктории (2014-yil 14-aprel). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-aprel.
- ↑ „Board of Directors“. L'Œuvre Léger. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 „Deaths - YALDEN, Mawell F.“. Globe and Mail (2015-yil 14-fevral). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Statement from the Commissioner of Official Languages following the death of Max Yalden“. Commissioner of Official Languages (2015-yil 11-fevral). 2017-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-aprel.
- ↑ „YALDEN, Maxwell - 1982“. Оттавский университет. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Honorary Degrees Awarded Since 1954“. Карлтонский университет. 2015-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ 24,0 24,1 „M. Maxwell YALDEN“. Управление Верховного комиссара ООН по правам человека. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Maxwell F. Yalden, C.C., Ph.D., LL.D. Order of Canada“. Генерал-губернатор Канады. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „The Golden Jubilee Medal“. Генерал-губернатор Канады. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „The Diamond Jubilee Medal“. Генерал-губернатор Канады. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
Havolalar
tahrir- „Максвелл Ялден“. Библиотека и Архив Канады. 2013-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.