Maysur — Jan. Hindistonda joylashgan tarixiy viloyat. Milodiy 3—11-asrlarda M. qududida gangalar sulolasi hukmronlik qilgan. Ular oʻzlaridan koʻra ancha kuchli imperiyalar — Gʻarbiy Chalukʼya, Rashtrakut, Chola sulolalariga tobe boʻlishgan. 12—14-asr oʻrtalarida M.ning deyarli barcha xududlari Xoysallar davlatiga, keyinchalik 16-asr oxirigacha Vijayanagar davlatiga qoʻshib olingan. 1399-yilda Vijayanagarga vassal boʻlgan M. knyazligi tashkil topgan. 1610-yilda M. mustaqillikka erishgan (Vodeyar sulolasi boshchiligida). taxminan 1761-yilda knyazlikdagi hokimiyat Haydar Alining qoʻliga oʻtgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, jumladan, kuchli armiyani vujudga keltirgan va muvaffaqiyatli urushlar natijasida kannara xalqiga mansub aholini tashkil qilgan butun hududni oʻz hokimiyati ostida birlashtirgan. Uning oʻgʻli Tipu Sulton (1782—99 yillarda hukmronlik qilgan) davrida M. Jan. Xindistondagi eng kuchli davlatga aylangan va Malabar, Andxra va Tamilnad davlatlariga qarashli yerlarning bir qismini bosib olgan. 18-asrning 2-yarmida 4-ingliz — M. urushlari natijasida M.ning hududi kichraygan. 19-asrda ingliz mustamlakachilari yangi taʼlim va yozuvni joriy etganlar. Sekin-asta shahar aholisining oʻrtahol qatlami shakllana borgan. M.ning ijtimoiy-iqgisodiy va madaniy rivojlanishiga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilgan. Hindiston mustaqillikka erishgandan keyin 1947-yil M. respublikaning shtatlaridan biriga aylangan. 1973-yilda ushbu shtatning nomi Karnataka deb oʻzgartirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil