Mazdaiylik, mazdaizm (Ahuramazda nomidan) — Qad. Eron (miloddan avvalgi 96-asrlardagi Midiya, 6—4-asrlardagi Axomaniylar davlati) dini. Mohiyatan zardushtiylik dini evolyusiyasi jara-yonidagi bosqichlardan biri. Avesto ilohiy kitob hisoblangan. Unda yaxshilik timsoli Ahuramazda va yovuzlik xudosi Anxramaynuga eʼtiqod qilingan. M.ning zardushtiylikdan farqi shundaki, unda Zardusht faqat Ahuramazda bilan shoh oʻrtasidagi vositachi deb eʼtirof etilgan va u ortiq darajada ilohiylashtirilmagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil