Mehreen Pirzada(1995-yil 5-noyabrda tugʻilgan) hind aktrisasi va modeli boʻlib, u asosan telugu tilidagi filmlarda suratga tushadi.[1] Mehreen Pirzada aktrisalik debyutini 2016-yilda telugu tilidagi "Krishna Gaadi Veera Prema Gaadha" deb nomlangan filmda amalga oshirgan edi.[2] U hind tilidagi film debyutini Phillauri va tamil tilidagi "Nenjil Tunivirundhal" filmlarida 2017-yilda amalga oshirgan edi.[3]

Mehreen Pirzada
Tavalludi
Mehreen Kaur Pirzada

1995-yil 5-noyabr
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Aktrisa
  • Model
Faoliyat yillari 2016-yildan hozirgi kungacha

Mehreen Pirzadaning muvaffaqiyati telugu filmlarida suratga tushishi bilan bog'liq. Jumladan Mahanubhavudu(2017), "Raja The Great"(2017) va "F2:Fun and Frustration"(F2: Kulgu va umidsizlik)(2019) kabi telugu tilidagi filmlarda suratga tushgan edi. U shuningdek, tijoriy muvaffaqiyatga erishgan tamil tilidagi "Pattas"(2020) filmida ham suratga tushgan.[4] U 2019-yilda "DSP Dev" bilan "Punjabi" filmida rol ijro etgan.

Yoshlik yillari tahrir

 

Mehreen Pirzada 1995-yil 5-noyabrda Panjob shtatining Bathinda shahrida[5][6] sikxlar oilasida dunyoga kelgan. U qishloq xoʻjaligi va rieltorlik bilan shug'ullanuvchi tadbirkor Gurlal Pirzada va uy bekasi bo'lgan Paramjit Kaur Pirzada oilasida tugʻilgan.[7] Uning yagona ukasi Gurfateh Pirzada bo'lib, u ham model va aktyor.[8]

Faoliyati tahrir

Modellik karyerasi tahrir

Pirzada oʻn yoshida, modelyerlik sohasida ma'lum bo'lgan rampa yurishini amalga oshirdi va goʻzallik tanlovida "Kasauli malikasi" unvonini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik u 2013-yilda Kanada davlatidagi Toronto shahrida bo'lib o'tgan "Janubiy Osiyo go'zali" g'olibi bo'ldi.[9] U Jemini Face Modeling kompaniyasi vositachiligida mashhur dizaynerlar uchun modellik qilgan va Kanada va Hindistonda ko'plab tijorat reklamalarida ishtirok etgan. U shuningdek, "Dove India" kompaniyasining reklama yuzi va Nikon, Pears va Thums Up on TVC kabi kompaniya reklamalarida suratga tushadi.

Kinodagi karyerasi tahrir

Pirzada aktrisalik debyutini telugu filmi Krishna Gaadi Veera Prema Gaadha deb nomlanga filmida amalga oshirgan. Pirzada ushbu filmda Mahalakshmi obrazini oʻynagan.[10] Film telugu tilida so'zlashuvchi shtatlarda va AQSh kino prokatida muvaffaqiyat qozondi.[11] 2017-yil mart oyida u hind kinosida Anushka Sharma, Diljit Dosanj va Suraj Sharma bilan birga “Pillauri” filmi rol ijro etishga muvaffaq bo'ladi.[12] U 2019-yilda "F2:Fun and Frustration"(F2: Kulgu va umidsizlik) filmida rol ijro etgan. Pirzada Ardab Mutiyaran filmidagi Ninja va Sonam Bajvaga qarshi Shruti rolini ham ijro etgan edi.

Shaxsiy hayoti tahrir

2021-yil mart oyida Pirzada, Xaryana shtatining sobiq bosh vaziri Bxajan Lalning nabirasi va Adampurning o'g'li Bhavya Bishnoy bilan unashtirildi.[13] Ularning to'yi 2021-yil oxiriga rejalashtirilgan edi, ammo Hindistondagi COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirildi.[14] Bu juftlik 2021-yil iyul oyi boshida unashtiruvni bekor qilgan.[15][16]

Filmografiyasi tahrir

Filmlari tahrir

Yil Sarlavha Rol(lar) Til(lar) Izohlar Mnb.
2016 Krishna Gaadi Veera Prema Gaadha Mahalakshmi Telugu Telugu debyuti [17]
2017 Phillauri Anu Gill Hind Hind debyuti
Mahanubhavudu Meghana Telugu
Raja the Great Lucky Telugu
Nenjil Thunivirundhal Janani Tamil Tamil debyuti
C/o Surya Janani Telugu
Jawaan Bhargavi Telugu
2018 Pantham Akshara Telugu
NOTA Swati Mahendran Tamil Ikki tilli film
Telugu
Kavacham Lavanya Telugu
2019 F2: Fun and Frustration Honey Telugu
DSP Dev Kirat Panjob Panjabi debyuti
Chanakya Aishwarya Telugu
Ardab Mutiyaran Shruti Panjob
2020 Entha Manchivadavuraa Nandhini Telugu
Pattas Sadhana Tamil
Aswathama Neha Telugu
2021 Manchi Rojulochaie Padma "Paddhu" Telugu [18]
2022 F3 Honey Telugu [19]

Musiqiy videolarda tahrir

Yil Sarlavha Xonanda(lar) Yorliq Mnb.
2020 Zara Thehro Armaan Malik, Tulsi Kumar T-seriyali [20]

Mukofotlar va nominatsiyalari tahrir

Film mukofotlari
Yil Mukofot Turkum Film Natija
2017 6th SIIMA Awards Best Debut Actress Nomzod sifatida ko'rsatilgan [21]
2018 16th Santosham Film Awards Special Jury Award for Best Actress G'olib
2019 66th Filmfare Awards South Best Supporting Actress – Telugu Nomzod sifatida ko'rsatilgan
Boshqa mukofotlar
Yil Qabul qiluvchi Mukofot Turkum Natija
2017 Mehreen Pirzada Zee Cine Awards Telugu G'olib [22]
2018 Zee Telugu Apsara Awards G'olib [23]

Manbalar tahrir

  1. „Mehreen Pirzada: I'll celebrate Diwali like a South Indian this time“. The Times of India. 26-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2017-yil.
  2. „Another debut Down South“. deccan chronicle (4-fevral 2016-yil). 26-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2016-yil.
  3. „Mehreen's B-Town debut is a romantic drama“. The Times of India. 26-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2016-yil.
  4. „Pattas Box Office Final Collections: The Dhanush Starrer Ends Up As A Profitable Venture!“ (en). filmibeat.com (2020-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
  5. „Pattas girl Mehreen Pirzada celebrates her birthday in Maldives“. The Times of India (5-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 19-iyun 2021-yil.
  6. „Kuldeep Bishnoi's son set to engage with Punjabi model Mehreen Kaur Pirzada on March 13“. The Tribune (5-fevral 2021-yil). Qaraldi: 5-iyun 2021-yil. „26-year-old Mehreen Kaur’s birth place is in Bathinda district.“.
  7. Mehreen_Pirzada Mehreen Pirzada looks like a girl next door, magzter.com.
  8. „Exclusive: Indulge speaks to Guilty star Gurfateh Singh Pirzada who stole the show as the flamboyant anti-hero“. indulgexpress.com (27-mart 2020-yil).
  9. „Mehrene K. Pirzada“. ModelManagement.com. 26-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2016-yil.
  10. „Krishnagaadi Veera Prema Gaadha Movie Review“. timesofindia.com (19-fevral 2016-yil). 1-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2016-yil.
  11. „'Krishna Gadi Veera Prema Gadha' collection crosses $0.5 million dollar at US box office in 5 days“. ibtimes.co.in (18-fevral 2016-yil). 26-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2016-yil.
  12. „Mehreen Pirzada gears up for Bollywood debut with Phillauri“ (en). CatchNews.com. 26-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-mart.
  13. „Inside Mehreen Pirzada and Bhavya Bishnoi's engagement and pre-wedding festivities“ (12-mart 2021-yil).
  14. Adivi. „I am still dealing with after effects of Covid-19: Mehreen Kaur“ (en). Deccan Chronicle (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  15. „Mehreen Pirzada calls off engagement with Bhavya Bishnoi | Entertainment News,The Indian Express“. Indianexpress.com. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  16. „Mehreen Pirzada breaks off her engagement to Bhavya Bishnoi: I have no further association with him | Telugu Movie News - Times of India“. Timesofindia.indiatimes.com. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  17. „Krishna Gaadi Veera Prema Gaadha review: A neat and decent love story“ (en). Sify. Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
  18. „Maruthi Manchi Rojulu Vachayi: 30 రోజుల్లో సినిమా తీయడం ఎలా.. మారుతి 'మంచి రోజులు వచ్చాయి..'“ (te). News18 Telugu. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  19. Vyas. „F3 shooting on roll now“ (en). The Hans India (2020-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  20. „'Zara Thehro': Armaan Malik, Mehreen Pirzada's chemistry with Tulsi Kumar's voice make for this love ballad“. DNA India (8-iyul 2020-yil).
  21. „SIIMA awards 2017 nominations announced“. Sify (2017-yil 1-iyun). 25-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-dekabr.
  22. Hooli. „Zee Telugu Golden Awards 2017 winners list and photos“ (english). International Business Times, India Edition (2018-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 23-sentyabr.
  23. „Zee Telugu Apsara Awards 2018: Kajal Aggarwal, Tamannaah, Lavanya Tripathi and Mehreen Pirzada win honours“. Hindustan Times (9-aprel 2018-yil).

Havolalar tahrir