Mehtar Anbar madrasasi (Attor madrasasi)Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda madrasada Mehtar Anbar nomli mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda.

Madrasa
Mehtar Anbar madrasasi
Attor madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Koʻkaldosh MFY, Bahouddin Naqshband koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Asosiy sana:
1870-yillar
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Mehmonxona
Hujralar soni 15
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Tarixi tahrir

Madrasa 1870-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Mehtar Anbar guzarida, oʻzbek hukmdori Muzaffarxon (1860–1885) hukmronligi davrida bunyod etilgan[2].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

Hozirda inshootda Mehtar Anbar nomli mehmonxona oʻz faoliyatini olib boryapti[3].

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Bahouddin Naqshband nomidagi koʻchada joylashgan[1].

Meʼmorchiligi tahrir

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[2], 22 ta hujradan iborat[4].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-iyul, 2022-yil(2022-07-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Adabiyotlar tahrir