Mejdu arabami i tyurkami
Mejdu arabami i tyurkami, toʻliq nomi Mejdu arabami i tyurkami: ranneislamskaya arxitektura Sredney Azii. yoki Mejdu arabami i tyurkami: arxitektura Sredney Azii IX—X vv. (ruscha: Между арабами и тюрками: раннеисламская архитектура Средней Азии.; ruscha: Между арабами и тюрками: архитектура Средней Азии IX—X вв.) — Sergey Xmelnitskiyning Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi tarixiga atab yozilgan monografik kitoblaridan ikkinchisi. 1992-yil Berlin va Riga shaharlarida „Gamajun“ nashriyotida qattiq jildda chop etilgan.
Asl nomi |
ruscha: Между арабами и тюрками: раннеисламская архитектура Средней Азии. ruscha: Между арабами и тюрками: архитектура Средней Азии IX—X вв. |
---|---|
Muallif(lar) | Sergey Xmelnitskiy |
Mamlakat |
Germaniya Latviya |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy nashr |
Nashr etilgan sanasi | 1992-yil |
Nashriyot | Gamajun |
Sahifalar soni | 340 |
ISBN | ISBN 5-86296-008-2 |
Kitobda Oʻrta Osiyo mintaqasini Arab xalifaligi tarkibiga qoʻshib olinishidan, hukmronlikni mahalliy turkiy sulolalar, Qoraxoniylar va Saljuqiylar qoʻliga oʻtgan davr oraligʻidagi meʼmorchilik tarixi toʻgʻrisida soʻz boradi. Unda muallif oʻquvchilarga „Oʻrta Osiyo me'morchiligi — Islom mamlakatlari me'morchiligining eng goʻzali, IX—X asrlar esa — shu meʼmorchilikning eng ajoyib davri“ degan fikrni inontirishga umid qiladi[1].
Kitobda monografiya mavzusi qamrab olgan davrga oid shaharsozlik, materiallar, konstruksiyalar va meʼmoriy shakllar, uygʻunlashtirish va mutanosiblik texnikasi, masjidlar, minoralar, mehroblar, yodgorlik inshootlari, karvonsaroylar, madrasalar, fuqarolik arxitekturasi, saroylar, koʻshklar, shahar qoʻrgʻonchalari, shahardagi uy-joylar, folklor uy-joy arxitekturasi, hammomlar va ustun orderi tafsilotlari aniq misollar bilan yoritib berilgan[1].
Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: V. Reshetov – rasmlari muharriri, V. Balaua — texnik muharrir, E. Loyans – musahhih[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir- „Хмельницкий Сергей. Между арабами и тюрками. Архитектура Средней Азии IX—X вв.“ (ruscha). Twirpx.com. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.[sayt ishlamaydi]
Adabiyotlar
tahrir- Хмельницкий С. Г. Между арабами и тюрками: раннеисламская архитектура Средней Азии. — Gamajun. — Берлин—Рига, 1992. — P. 340. — ISBN 5-86296-008-2.