Mekemtas Mirzaxmetuli
Mekemtas Mirzaxmetuli (Mirzaxmetov) (qozoqcha: Мекемтас Мырзахметұлы, 1930-yil 9-may, Tulkibosh tumani, Turkiston viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR) – sovet va qozoq olimi, abayshunos olim, filolog, adabiyotshunos, jamoat arbobi, filologiya fanlari doktori (1989), professor (1995).
Мекемтас Мырзахметұлы Мырзахметов | |
---|---|
Tavalludi |
9-may 1930-yil Tulkibosh tumani, Turkiston viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR Qozogʻiston |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Qozogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti (1996) va „Turk dunyosiga xizmatlari uchun“ xalqaro mukofoti (2003) laureati.
Biografiyasi
tahrirMekemtas 1930-yil 9-mayda Turkiston viloyati, Tulkibosh tumani, Maytobe qishlogʻida tavallud topgan.
1948-yilda Vannovka (hozirgi Turar Risqulov) qishlogʻidagi Abay nomidagi qozoq oʻrta maktabini tamomlagan.
Mirzaxmetov 1953-yilda Abay nomidagi Qozogʻiston pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. 1964-yilda aspiranturani bitirgan.
Mirzaxmetov 1965-yilda akademik Xojim Jumaliyev rahbarligida „Abay Kunanboyev adabiy merosini oʻrganish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1].
1989-yilda „Muxtor Auezov va abayshunoslik muammolari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1995-yilda unga filologiya fanlari professori faxriy ilmiy unvoni berilgan.
Mehnat faoliyati
tahrirMekemtas Mirzaxmetuli 1953–1961-yillarda Toshkentda istiqomad qilgan va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, dekani, keyinchalik prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan[2].
1969–1975-yillarda Abay nomidagi Qozoq davlat pedagogika instituti qozoq adabiyoti kafedrasida dotsent boʻlgan.
Dotsent 1975–1991-yillarda Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi Muxtor Auezov nomidagi Adabiyot va sanʼat ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim va abayshunoslik boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan.
1991–2000-yillarda Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti qozoq adabiyoti kafedrasi mudiri boʻlgan. Tarix va etnofilologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, M. H. Dulati nomidagi Taraz davlat universiteti qozoq filologiyasi va jurnalistikasi kafedrasi faxriy mudiri boʻlib faoliyat yuritgan.
Mukofotlari
tahrirMirzaxmetuli 1996-yil Oqorda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti qoʻlidan Abayni oʻrganishdagi ajoyib yutuqlari uchun adabiyot va fan sohasidagi Qozogʻiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan[3].
Mekemtas 2001-yil Hurmat ordeni[4], 2003-yil Turk dunyosiga xizmatlari uchun xalqaro mukofoti (Anqara)[5] hamda 2007-yil Parasat ordenilari bilan taqdirlangan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Мекемтас Мырзахметұлы: Ресей астанасының аты Мәскеу қазақтың есімінің құрметіне қойылған“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Мекемтас Мырзахметұлы Мырзахметов“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Почетные граждане Жамбылской области“ (deadlink). 2019-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
- ↑ „Указ Президента РК от 10 декабря 2001 № 737 О Награждение государственное награды и премии“. 2016-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.
- ↑ „Накануне Дня Независимости Казахстана президент Касым-Жомарт Токаев наградил 39 человек государственными наградами 2019 года“ (deadlink). 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
- ↑ „Глава государства принял участие в торжественной церемонии вручения государственных наград и премий“. 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.