Meksika milliy muxtor universiteti

(Meksika universitetidan yoʻnaltirildi)

Meksika milliy muxtor universitetiMeksikadagi eng yirik universitet. Mexiko shahrida joylashgan. Qirol Karl V farmoniga muvofiq, 1551-yil tashkil etilgan. 1929-yildan Meksika milliy muxtor universiteti deb ataladi. Huquq, falsafa, tabiiy fanlar, tibbiyot, kimyo, muhandislik ishi, siyosiy va ijtimoiy fanlar va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 330 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Markaziy kutubxonasi (1924-yiltashkil etilgan) da 2 mln.ga yaqin asar saqlanadi.[1]

Meksika milliy muxtor universiteti
Asos solingan 1551-yil va 1910-yil

Koordinatalari: 19°19′44.000000000403″N 99°11′13.999999999216″W / 19.32888888888900070°N 99.18722222222200458°W / 19.32888888888900070; -99.18722222222200458 G O

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil