Melanie Serrano
Melanie del Pilar Serrano Pérez[4] (1989-yil 12-oktabrda tugʻilgan) – ispaniyalik futbolchi, Ispaniya Premier-ligasining Levante Las Planas klubida chap qanot himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Melanie del Pilar Serrano Pérez[1] | ||
Tavallud sanasi | 12-oktyabr 1989-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Sevilla, Ispaniya[3] | ||
Boʻyi | 1.68 m (5 ft 6 in)[2] | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi, chap qanot yarim himoyachisi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001–2002 | CD Cantely | ||
2002-2003 | Dos Hermanas | ||
2003-2006 | Barcelona | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006–2007 | Barcelona B | ||
2024 | Barcelona | 403 | |
– | Levante Las Planas | 1 | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hozirgi klubidan oldin Serrano 19 mavsumlik faoliyatini FC Barcelona Femenída oʻtkazgan. Nafaqaga chiqqan davriga qadar u oʻyinlarda klub yetakchisi boʻlib, 27 ta kubokni qoʻlga kiritgan hamda klub rekordchisi hisoblanadi.
Yoshligi
tahrirSerrano 1989-yil 12-oktyabrda Sevilla shahrida tugʻilgan. Serrano 12 yoshga toʻlganda, onasi u bilan singlisini Girona shahrining Blanes munitsipalitetiga koʻchirgan[5]. Serranoning futboldagi ilk jsmoasi mahalliy „Deportivo Blanes“ jamoasida boʻlgan. Onasi zarur toʻlovlarni toʻlay olmagani sababli klubga qoʻshilish uchun sinovlardan oʻtgan boʻlsa ham akademiyaga qabul qilinmaydi. Keyinchalik u CD Cantely va Dos Hermanas klublarining yoshlar jamoalarida toʻp surgan.
Serrano oʻn toʻrt yoshga toʻlganoida, „Barselona“ning ayol oʻsmirlar jamoasiga qabul qilingan. Oʻsmirlik chogʻida Serrano haftasiga 3 marta Blanesdan Barselonadagi Mini Estadiga borgan va u yerda mashgʻulotlarga qatnashgan[6].
Klubdagi faoliyati
tahrirSerrano butun professional faoliyatini FC Barcelona Femenída oʻtkazgan[7]. U 2004-yil 15-sentyabrda „Espanyol“ ayollar jamoasiga qarshi 4:4 hisobida yakunlangan oʻyinda asosiy jamoa safida debyut qilganida 14 yoshda boʻlgan[8]. Serrano 2007-yilga kelib asosiy tarkib futbolchisiga aylangan va oʻsha yili „Barselona“ Segundaga tushib ketgan. Jamoa 2008-yilda Primeraga qaytgan.
Serrano 2011-2012-yilgi mavsumda Barselona jamoasining birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan tarkib aʼzosi boʻlgan. U 2012-2013-yilgi mavsumda Barselonaning UEFA ayollar chempionlar ligasidagi debyutini oʻz maydonida Arsenal jamoasiga 0:3 hisobida yutqazgan oʻyindagi tarkibda boshlagan[9].
Serrano 2012-2013-yilgi Primera divizionining soʻnggi oʻyinida Barselona safidagi ilk golini Atletik Bilbao jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan va oʻz klubiga ikkinchi liga chempionligini olib kelgan[10][11].
2021-yil 6-yanvar kuni Serrano "Camp Nou" stadionida „Espanyol“ga qarshi oʻtkazilgan birinchi bahsda gol urgan[12].
2020-yil 30-iyun kuni Serrano Barselona bilan shartnomasini 2020-2021-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[13]. 2021-yilning iyun oyida esa Serrano klub bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgan[14]. Keyingi mavsumda Serrano klub bilan bir nechta yakuniy marralarga erishgan. 2022-yil 6-fevralda Serrano „Eibar“ ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻzining klubdagi 500-uchrashuvini oʻtkazgan[15]. 16-aprel kuni u Ispaniya chempionatida 400-oʻyinini oʻtkazgan[16]. 2022-yil 13-may kuni Serrano 19 mavsumdan soʻng futboldagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qilgan. Nafaqaga chiqqanida u Barselonaning ayollar boʻlimida oʻyinlar boʻyicha yetakchi boʻlgan va jinsiga qaramasdan, Barselonadagi jami oʻyinlari boʻyicha eng yaxshi 10talikka kirgan[10]. U shuningdek, 27 ta sovrin bilan nafaqaga chiqqan, bu FC Barcelona Femení oʻyinchilari orasida eng koʻp natija hisoblanadi[17].
Xalqaro faoliyati
tahrirSerrano Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan ayollar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2007-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etgan[18].
Serranoning asosiy jamoadagi rasmiy xalqaro debyuti 2009-yilning 29-oktyabrida 20 yoshida Avstriyaga qarshi oʻyinda boʻlgan[19]. U 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Ruminiyaga qarshi oʻyin oʻtkazgan. Melanie 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi asosiy futbolchilardan biri boʻlgan[2]. Serrano Jahon chempionatida hech qanday oʻyin oʻtkazmagan, chunki Ispaniya musobaqaning guruh bosqichidan oʻz uyiga qaytib ketgan[20].
Shaxsiy hayoti
tahrir2019-yildan boshlab Serrano hamshiralik ishi boʻyicha tahsil olmoqda[21].
2021-yil iyun oyida Serranoning faoliyati Blanes meri Anxel Kanosa tomonidan Blanes gerbining tosh lavhasi bilan taqdirlangan[22].
Serrano Lara Salmeron bilan munosabat qurib keladi. 2021-yil sentabrida er-xotin egizak farzand kutayotganliklarini eʼlon qilishgan[23]. Natura va Itzel ismli egizaklar 2022-yil 17-fevralda tugʻilgan[24].
Manbalar
tahrir- ↑ „List of Players – 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „List of Players – 2015 FIFA Womenʼs World Cup“ (PDF). Fédération Internationale de Football Association. Archived from the original (PDF) on 10 April 2016. Retrieved 18 June 2015.
- ↑ „Melanie profile“. FC Barcelona. 2015-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyun.
- ↑ Profile in UEFA's website
- ↑ Irigoyen, Juan. „Ya nadie despierta a Melanie“. El País (2016-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ Robe. „Melanie Serrano, el amor eterno a un club“. grada3.com. Grada3 (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Melanie tops all-time ranking for appearances“. FC Barcelona (2020-yil 4-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
- ↑ Poquí. „Messi-Melanie: carreras paralelas“ (es). Mundo Deportivo. Mundo Deportivo (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
- ↑ Muñoz. „Melanie, Alexia y Vicky, del inicio en 2012 a la final de 2021“ (es). Mundo Deportivo (2021-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
- ↑ 10,0 10,1 Poquí. „Messi-Melanie: carreras paralelas“ (es). Mundo Deportivo. Mundo Deportivo (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.Poquí, Joan (11 May 2021).
- ↑ Menayo. „El Barcelona silencia La Catedral con su alirón“ (es). MARCA. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
- ↑ „Soccer-Barcelona women rout Espanyol on return to Camp Nou“ (en). Reuters (2021-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ G. Gil. „Melanie Serrano renueva por el Barcelona por una temporada“ (es). AS.com (2020-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
- ↑ „Triple renovación en el Barça: Melanie, Crnogorcevic y Falcón“ (es). AS.com (2021-yil 26-iyun). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ „Barça Women 7-0 Eibar Women: Absolutely relentless“ (en). www.fcbarcelona.com. FC Barcelona (2022-yil 6-fevral). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ Puig. „FC Barcelona| Melanie Serrano llega a los 400 partidos de Liga“ (es). sport (2022-yil 16-aprel). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ Valdunciel. „Melanie Serrano, de vivir un descenso a jugar en el Camp Nou“ (es). Mundo Deportivo (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
- ↑ „Melanie Serrano Pérez stats | FC Barcelona Players“ (en). FCB Jugadors. FC Barcelona. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
- ↑ international debut
- ↑ Robe. „Melanie Serrano, el amor eterno a un club“. grada3.com. Grada3 (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.Robe, Christian (19 May 2021).
- ↑ López Tovar. „Melanie Serrano: "Los niños iban en taxi; yo, en tren"“ (es). La Vanguardia (2019-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
- ↑ „Homenaje a Melanie Serrano en Blanes“ (es). Mundo Deportivo. Mundo Deportivo (2021-yil 17-iyun). Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ „Melanie Serrano Anuncia Sera Madre Partida Doble“. Mundo Deportivo. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ Batalla. „Melanie Serrano ya ha sido madre de gemelas“ (es). Mundo Deportivo (2022-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 14-may.