Melba
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Melba[1] (inglizcha: Peach Melba) — klassik muzqaymoqli desert. 1892/93-yilda Auguste Escoffier (Londondagi Savoy mehmonxonasining fransuz bosh oshpazi) tomonidan opera divasi Nellie Melba sharafiga yaratilgan klassik muzqaymoq shirinligi. Shirinlik qobigʻidan tozalangan shaftoli boʻlaklari, malinali sous va vanilinli muzqaymoqdan tayyorlanadi.
Desert AQSHda XX asr boshidan buyon mashhur boʻlib, eng ommabop shaftolili desert hisoblanadi[2]. Har yili 13-yanvar kuni AQSHda „Shaftoli Melba“ Milliy kuni nishonlanadi[3].
Yaratilish tarixi
tahrir1892-yilda Nellie Melba Richard Wagnerning Covent Gardenda tashkil etilgan Lohengrin operasida chiqish qiladi. Orlean gertsogi Filipp Nellie Melbaning shuhratini munosib baholash maqsadida, uning sharafiga kechki ziyofat dasturxoni yozadi. Shu munosabat bilan Auguste Escoffier yangi desert yaratadi. Auguste Escoffier desertni taqdim etar ekan, uni tarkibida shaftoli boʻlakchalari boʻlgan oqqushning muz haykalchasi koʻrinishidagi vanilinli muzqaymoq bilan bezaydi. Xonanda muzqaymoqni juda yaxshi koʻrishi, lekin tomogʻini shamollatib, ovozini buzib qoʻymaslik uchun uni yeyishga jur’ati yetmasligi haqida mish-mishlar yurardi. Muzqaymoq desert tarkibiy masalliqlardan birigina boʻlgani bois, u qoʻshiqchining vokal kordlariga unchalik ham zararli taʼsir koʻrsatmaydigan holatda edi. Desertni bezash uchun oqqush shakli ham bejizga tanlanmagan edi. Operaning birinchi va uchinchi sahnasida oqqush (jodugar tufayli oqqushga aylangan kichkina shahzoda Gotfrid) oʻtirgan qayiqni ritsar Lohengrin ikki marta tortib suzib chiqadi. Lohengrin operasi oqqush Ritsar afsonalari motivlari asosida yaratilgan.
1900-yilda Auguste Escoffier shirinlikning yangi versiyasini yaratadi. Auguste Escoffier oʻzi bosh oshpaz boʻlgan Carlton mehmonxonasining ochilishida muz oqqushidan foydalanmaydi, shaftoli ustiga malina pyuresini qoʻyadi. Ushbu shirinlikning boshqa versiyasida shaftoli va/yoki malina sousi oʻrniga nok, oʻrik yoki qulupnaydan foydalaniladi. Yana bir namunasida — malina pyuresi oʻrniga eritilgan qizil qoragʻat jelesi ishlatiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Собеседник 19-2014 — Редакция газеты Собеседник — Google Books
- ↑ The Oxford companion to American food and drink. / By Andrew F. Smith.
- ↑ „American Holidays — United States National Holidays“. 2011-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
Adabiyotlar
tahrir- Charles Sinclair. peach Melba // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 429—430. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |