Mendoza provinsiyasi
Mendoza (ispancha: menˈdosa) rasmiy nomi Mendoza provinsiyasi boʻlib, Argentinaning gʻarbiy-markaziy qismidagi provinsiya. Shimolda San-Xuan, janubda La Pampa va Neuken, sharqda San-Luis va gʻarbda Chili respublikasi bilan chegaradosh. Xalqaro chegara And togʻ tizmasi bilan belgilanadi. Markazi Mendoza shahri hisoblanadi.
Mendoza provinsiyasi Mendoza | |
---|---|
34°30′00″N 68°30′00″E / 34.50000°N 68.50000°E | |
Mamlakat | Argentina |
Maydon | 148,827 km2 (57,462 kv mi) |
Aholisi | 2,014,533 (2 022) |
|
Hudud 148,827 km² maydonni qamrab oladi va Argentinaning yettinchi yirik provinsiyasi boʻlib, mamlakat umumiy maydonining 5,35% ni tashkil qiladi. 2022-yilgi maʼlumotga koʻra aholisi 2 014 533 kishini tashkil etadi. Hudud mamlakatning eng koʻp aholisi boʻlgan beshinchi mintaqasi yoki umumiy aholining 4,38 foizi ushbu provinsiyada istiqomat qiladi.
Tarixi
tahrirArxeologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bu hududning ilk aholisi Golotsen davrida yashagan, ammo ularning hayot tarzini oʻrganish uchun yetarli maʼlumot mavjud emas. Miloddan avvalgi 300-yillarda bu yerdagi Atuel daryosi havzalarida ovchilik hamda makkajoʻxori, qovoq va loviya yetishtirish bilan shugʻullanuvchi bir guruh odamlar yashagan.
1776-yilda Rio-de-la-Plata vitse-qirolligi tashkil etilgunga qadar, hozirgi Mendoza provinsiyasi hududi Chili general-kapitanligiga tegishli edi.
Geografiyasi
tahrirUspallata kabi bir qator vodiylar And togʻlarini Prekordilyera past togʻlaridan ajratib turadi. Sharqda Kuyean tekisliklarini Desaguadero daryosining irmoqlari kesib oʻtadi. Boshqa muhim daryolari esa Mendoza daryosi, Tunuyan daryosi, Diamante daryosi va Atuel daryolari hisoblanadi. Provinsiyaning butun hududi iqlimi kontinental, quyoshli va quruq, yozi iliq, qishi nisbatan sovuq. Yogʻingarchilikning kamligi hamda kecha va kunduz oʻrtasidagi harorat farqi tufayli qurgʻoqchil tuproq asosan kserofitlar va kam sonli daraxtlarning oʻsishiga imkon beradi. Yillik yogʻingarchilik 150 dan 350 mm gacha yetadi[1].
Iqtisodiyoti
tahrirButun dunyoga uzumchilik bilan tanilgan[2] Mendoza iqtisodiyoti juda xilma-xildir. Uning 2013-yildagi ishlab chiqarish hajmi 18,8 milliard AQSh dollariga baholangan[3]. Sharobdan tashqari Argentina bozori uchun olma, nok, pomidor, piyoz, olxoʻri, zaytun, gilos, shaftoli va behi kabi mahsulotlar ham yetishtiriladi. 30 000 asalari uyalariga ega boʻlgan asalarichilik Mendozaning quruq ob-havosi tufayli rivojlanayotgan yana bir faoliyat turidir.
Hukumati
tahrirViloyat hukumati odatiy uchta boʻlimga boʻlingan: ijro hokimiyati, qonun chiqaruvchi va sud tizimi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat deputatlar palatasi va Senatdan iborat ikki palatali organdir. Qonun chiqaruvchi organ mahalliy qonunlarni kiritish va qabul qilish bilan shugʻullanadi.
Argentinada eng muhim huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot Argentina federal politsiyasi hisoblanadi, ammo qoʻshimcha ishlarni Mendoza provinsiyasi politsiyasi amalga oshiradi.
Manbalar
tahrir- ↑ Clarín.com „Cobos ganó por 20 puntos en Mendoza y ya se ve candidato en 2011“. www.clarin.com (2009-yil 28-iyun).
- ↑ „Argentina Wine Guide - The Argentine Wine Industry - Key Statistics“. www.argentinewineguide.com.
- ↑ [1]
Havolalar
tahrir- Mendoza Ministry of Tourism and Culture (in Spanish)
- Mendoza guide of Tourism and Culture (Wayback Machine saytida 2018-04-25 sanasida arxivlangan) Archived 2018-04-25 at the Wayback Machine (in Spanish)
- Discover Mendoza – Tourism in Mendoza (in Spanish)
- Universidad Nacional de Cuyo (in Spanish)
- Map of Mendoza
- Wines of Mendoza on Vinismo