Menkaura piramidasi
Menkaura piramidasi | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mamlakat: | Misr | |||||||||||||
Qadimgi nomi: |
| |||||||||||||
Maqomi: | Maqbara | |||||||||||||
Balandligi: | 65.5 m | |||||||||||||
Poydevori: | 102 x 105 m m | |||||||||||||
Nishab burchagi: | 51°20′25″ | |||||||||||||
Qurdirgan shaxs: | Menkaura | |||||||||||||
Oʻrganish boshlangan sana: | 28-iyul 1837 | |||||||||||||
Yutuq: | Qadimgi dunyoning yetti moʻjizasi | |||||||||||||
Bugungi kunda: | Sayyohlik markazi |
Menkaura piramidasi-Misrning poytaxti Qohira janubi-gʻarbdagi Giza shahrida joylashgan uchta asosiy Giza piramidasining eng kichigidir. Bu piramidaga toʻrtinchi sulola Misr fir’avni Menkaura vafot etgandan soʻng qabri qoʻyilgan. Menkaura piramidasining balandligi 65.5 metr, poydevori 102 x 105 m Nishab burchagi taxminan 51°20′25″.
U ohaktosh va granitdan qurilgan. Yuqori qismi boshqa piramidalardagi kabi Tura ohaktoshlari bilan qoplangan.
Tarixi
tahrirPiramidaning qurilgan sanasi nomaʼlum, chunki Menkauraning hukmronligi aniq belgilanmagan, ammo uning podsholik davri miloddan avvalgi XXVI asrda tugagan boʻlishi mumkin. Piramida oʻzining yirik qoʻshnilari-Gizahududidagi Xafra piramidasi va Xufuning buyuk piramidasidan bir necha yuz metr janubi-gʻarbda joylashgan. Lekin oʻlchamlari oʻsha piramidalardek katta emas.
Oʻrganilishi
tahrirGovard Vise 1837-yil 28-iyulda yodgorlik ichidan Menkaura nomi yozilgan va inson suyaklari boʻlgan yogʻoch tobut qoldiqlarini topdi. Suyaklardagi radiokarbonli aniqlash usuli yordamida ularning yoshi 2000-yildan kamroq ekanligini aniqladi. Menkaura tobutining qopqogʻi Angliyaga olib kelingan va uni bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanmoqda.[2] Menkaure piramidasining kirish joyi yer sathidan biroz yuqorida joylashgan boʻlib, piramidaga chuqurroq kirib borgan Vise qora rangda tasvirlangan bazalt sarkofagga duch keldi. Sarkofag ichi zeb-ziynat va boyliklarga toʻla edi.[3] Afsuski, bu sarkofag 1838-yil 13-oktabrda Buyuk Britaniyaga olib ketilayotib, Malta va Kartagena orasida Beatris kemasi bilan birga choʻkib ketgan. Kema hozirgacha Oʻrta yer dengizi tubini makon qilgan. Bu qadimgi qirollik sarkofagilaridan biri boʻlib, zamonaviy davrgacha saqlanib qolgan. Piramida majmuasining poydevori va ichki markaziy xonasi ohaktoshdan qilingan. Osti granit bilan qoplangan.[4]
Arxitekturasi
tahrirBaʼzi devorlarga granit qoplamalar bilan sayqal berilgan. Maqbaraning poydevori toshdan qilingan, ammo ikkala ibodatxona ham xom gʻishtdan qurilgan. Reisnerning hisob-kitoblariga koʻra, Menkaura qabri qoʻyilgan xonaning devorlaridagi mahalliy tosh bloklarining baʼzilari ogʻirligi 220 tonnagacha, Asvandan olib kelingan eng ogʻir granit toshlarining ogʻirligi 30 tonnadan yetadi. Menkauraning vorisi Shepseskaf maqbara qurilishini oxiriga yetkazgan deb taxmin qilinadi.[5] Keyingi meʼmoriy qoʻshimchalar va oltinchi sulolaning ikkita ramzi shuni koʻrsatadiki, firʼavnga sigʻinish uning vafotidan keyin yana ikki asr davomida saqlanib qolgan.[6]
Zarar yetkazilishi
tahrirMenkaura piramidasi 1908-1910-yillarda amerikalik arxeolog Jorj Endryu Reisner tomonidan olib borilgan qazishma ishlarida topilgan.
Menkaure piramidasining janubida G3-a, G3-b va G3-c deb nomlangan uchta kichik piramida mavjud boʻlib, Reisnerning taxminiga koʻra, bu tuzilmalar Menkaura malikalarining qabrlari boʻlgan va u yerda dafn etilgan kishilar uning opa-singillari boʻlgan boʻlishi mumkin.
Milodiy 1196-yilda Salohiddin Ayyubiyning oʻgʻli va Misr hukmdori Al-Aziz Usmon Menkauradan boshlab barcha piramidalarni buzishga harakat qildi. Piramidani buzish uchun yollangan ishchilar sakkiz oy davomida oʻz ishlarida qolishdi, ammo uni buzish deyarli qurish kabi qimmatga tushdi. Ular har kuni faqat bitta yoki ikkita toshni olib tashlashga muvaffaq boʻlishdi. Baʼzilar toshlarni siljitish uchun tutqichlardan foydalangan, boshqalari esa ularni pastga tushirish uchun arqon ishlatgan. Toshyerga qulaganda, u qumga koʻmilib, uni qumdan chiqarib olish favqulodda katta kuchni talab qiladi. Toshlar bir necha boʻlaklarga boʻlinib, aravalarda tashib chiqarilgan. Ishchilarning shuncha urinishlariga qaramay, piramidaga faqat shimoliy tomondan katta vertikal tirqish ochishga muvaffaq boʻlishdi.
Lenerning taʼkidlashicha, uning qurilgan hajmi Xufu piramidasining oʻndan bir qismiga teng. Menkaure piramidasi nima uchun qolgan ikkitasidan ancha kichik ekanligi nomaʼlum. Ehtimol shunchaki Gizada boshqa katta piramida uchun munosib joy yoʻqligi yoki ehtimol Menkaura hukmronligi davridagi voqealar unga boshqa yirik inshootni qurishga toʻsqinlik qilgan boʻlishi mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ Verner 2001, s. 242.
- ↑ https://archive.org/details/completepyramids00lehn/page/221/mode/2up
- ↑ https://web.archive.org/web/20070927131157/http://www.zahihawass.com/egyptian_hist_dev_giza.htm
- ↑ https://books.google.co.uz/books?id=vP3dCgAAQBAJ&pg=PA227&redir_esc=y#v=onepage&q&f=false
- ↑ http://www.gizapyramids.org/pdf_library/janosi_fs_kakosy_301-308.pdf
- ↑ http://www.gizapyramids.org/pdf_library/janosi_fs_kakosy_301-308.pdf