Angela Merkel
Angela Merkel (Angela Dorothea Kasner) (1954.17.7, Gamburg) — Germaniya sobiq davlat kansleri. Fizika fanlari doktori (1986). Leipzig universitetini tugatgan bundan tashqari o'nlab universitetlar darajasiga ega. Xususuan, 2019-yil dunyoning eng nufuzli universitetlaridan boʻlgan Garvard Universiteti doktorlik darajasiga ega bo'ldi va Universitetda nutq so'zladi. 1978-yildan Germaniya Demokratik Respublikasi Fanlar Akademiyasining fizik kimyo markaziy instituti ilmiy xodimi, 1990-yil Germaniya Demokratik Respublikasi demokratik hukumatining matbuot kotibi oʻrinbosari, birlashgan Germaniya federal hukumatining matbuot va axborot idorasi referenti, 1990-yildan Xristian-demokratik ittifoq va GFR bundestagi aʼzosi, 1991-yildan Germaniya xotin-qizlar va yoshlar ishlari boʻyicha, 1994-yildan atrof-muhitni muhofaza qilish va yadro reaktorlari xavfsizligi masalalari boʻyicha federal vazir, 1998-yildan Xristian-demokratik ittifoq bosh kotibi, 2000-yil apreldan raisi, 2002-yil sentyabrdan GFR bundestagida Xristian-demokratik ittifoq / Xristian sotsial ittifoqining birlashgan fraksiyasi raisi. 2015-yilda esa "Time" jurnali tomonidan "Yil Odami[1]" deb e'tirof etiilgan va shuningdek koʻp marotaba "Forbes" tomonidan dunyoning "Eng nufuzli ayollari ro'yxati[2]"da eng yuqori o'rinlarni egallagan. 2005-yil 22-noyabrdan GFR federal kansleri[3]. 2021-yilda Angela Merkel iste'oga chiqdi va uning nafaqa puli 15 000 yevro boʻlishi aytildi[4].
Angela Merkel | |
---|---|
Germaniya kansleri | |
Mansab davri 2005-yil 22-noyabr – 2021-yil 8-dekabr | |
Prezident |
Horst Köhler Christian Wulff Joachim Gauck Frank-Walter Steinmeier |
Oʻtmishdoshi | Gerhard Schröder |
Vorisi | Olaf Scholz |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-iyul 1954-yil Gamburg |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrir- ↑ „"Yil Odami" 2015“.
- ↑ „The most powerful women“.
- ↑ „Biography“. Bundeskanzlerin.de. German Federal Press and Information Office. 2015-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2015-12-21 sanasida arxivlangan) (ingl.)
- ↑ „Меркель истеъфога чиққандан кейин қанча пенсия олиши маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |