Mesxeti tizmasi
Gruziyadagi tizma
Mesxeti tizmasi (Ajariya -Imereti, Ajariya-Axalsixe) — Gruziyaning Kichik Kavkaz togʻ sistemasidagi tizma. Qora dengizning Ajariya sohilidan Kura daryosining Borjomi darasigacha 150 km ga choʻzilgan. Bal. 2850 m gacha (Mepisskaro). Choʻkindi jinslardan tashkil topgan. Keng bargli, igna bargli oʻrmonlar, togʻ yaylovlari bor.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |