Koʻra yoki Kura (turkcha: Kura, ozarbayjoncha: Kür, gruzincha: მტკვარი[2], armancha: Կուր[3])— Kavkazortidagi daryo. Oʻz. 1364 km, havzasining maydoni 188 ming km². Old Osiyo togʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, asosan, Gruziya va Ozarbayjon hududlaridan oqib oʻtadi va Kaspiy dengiziga delta (maydoni 100 km²) hosil qilib quyiladi. Koʻra yuqori oqimida togʻlar orasidan shiddat bilan oqadi. Tbilisi shahridan quyida Koʻra vodiysi kengayadi. Koʻra ning kuyilish joyidan 236 km yuqorida unga oʻngdan Araks daryosi quyiladi. Qor-yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyivadi. Oʻrtacha suv sarfi 575 m³/sek. Kuyi qismida kema qatnaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi.Suvining bir qismi kanal orqali Araksga oqiziladi. Koʻra da Zemo-Avchala, Mingechaur (suv omborlari bilan) GESlari qurilgan. Daryo deltasida baliq ovlanadi.[4]

Koʻra
Tavsif
Uzunligi 1 360[1]
Suv sarfi 443 m³/s
Joylashuvi
Davlat Turkiya, Gurjiston va Ozarbayjon
Koʻra

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. Инструкция по русской передаче географических названий Грузинской ССР. — M., 1972. — С. 9.
  3. Andoza:БРЭ
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil