Mingechaur — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1948-yildan). Kura da-ryosining har ikkala sohilida. Temir yoʻl stan-siyasi. Aholisi 100 ming kishiga yaqin (1990-yillar oʻrtalari). 1945-yilda Min-gechaur GES qurila boshlashi munosabati bilan vujudga kelgan. Yoʻl mashinalari, mashina tuzatish, kabel, shisha tola, texnik rezina buyumlari, "Elek-troizolit", temir-beton buyumlar, yirik panelli uysozlik, yogʻochsozlik zavodlari, toʻqimachilik, goʻsht kombinatlari bor. Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, teatr mavjud. M.da Zakavkazyeda eng yirik, miloddan avvalgi 3ming yillikdan milodiy 17-asrgacha boʻlgan davrga mansub arxeologik majmua topilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil