Metilprednizolon
Metilprednizolon
| |
Sistematik (IUPAC) nomi | |
(1S,2R,8S,10S,11S,14R,15S,17S)-14,17-dihydroxy-14-(2-hydroxyacetyl)-2,8,15-trimethyltetracyclo[8.7.0.02,7.011,15]heptadeca-3,6-dien-5-one | |
Identifikatorlar | |
CAS raqami | |
ATK kodi | [[ATC_kodi_D07AC14, D10AA02, H02AB04, D07CA02, S01CA08, H02BX01|D07AC14, D10AA02, H02AB04, D07CA02, S01CA08, H02BX01]] |
PubChem | |
DrugBank | |
Kimyoviy maʼlumot | |
Formulasi | C22H30O5 |
Mol. massasi | 374.477 g·mol−1 |
SMILES | izlash: | ,
Sinonimlari | Medrol, Depo-Medrol, Solu-Medrol |
Farmakokinetik maʼlumot | |
Biofoydalilik | ? |
Oqsil bogʻ | 78 % |
Metabolizm | Birinchi navbatda jigar, buyrak, toʻqimalar |
Yar. parch. davri | 1.8 — 2.6 |
Ekskretsiya | Peshob orqali |
Terapevtik tavsiyalar | |
Homiladorlik kat. |
A; C |
Qonuniy statusi | |
Qabul qilish | Peroral |
Metilprednizolon - sintetik glyukokortikoid, birinchi navbatda uning yalligʻlanishga qarshi va immunosupressiv taʼsiri uchun buyuriladi.[1][2][3] Surunkali kasalliklar uchun past dozalarda, ogʻir holatlarda esa yuqori dozalarda bir vaqtda qoʻllanadi. Metilprednizolon va uning hosilalari ogʻiz orqali yoki parenteral (vena orqali) tarzda qoʻllanishi mumkin..[4]
Farmakologik xususiyatlari
tahrirFarmakodinamikasi
tahrirMetilprednizolonning samarasi boshqa glyukokortikoidlar kabi sitoplazmadagi steroid retseptorlar bilan oʻzaro taʼsir orqali amalga oshadi. Steroidretseptor kompleksi hujayra yadrosiga yetkaziladi, DNK bilan birikadi va koʻpchilik oqsillar uchun genlarning transkripsiyasini oʻzgartiradi. Glyukokortikoidlar boʻgʻimlarning destruksiyasini (revmatoid artritda) chaqiruvchi turli fermentlar, koʻpchilik oqsillar, shuningdek immun va yalligʻlanish reaksiyalarida muhim rol oʻynaydigan sitokinlarning sintezini susaytiradi. Glyukokortikoidlarni neyroendokrin oʻzaro taʼsirini asosiy oqsili — lipokortinning sintezini indutsiya qiladi, bu yalligʻlanish va immun javob reaksiyasini kamayishiga olib keladi.
Glyukokortikoidlar, shu jumladan metilprednizolon aksariyat issiqlik, mexanik, kimyoviy, infeksion va immunologik agentlarga nisbatan toʻqimalarda javob reaksiyasini bostiradi yoki toʻsqinlik qiladi. Shunday qilib, glyukokortikoidlar kasallikning sababiga taʼsir qilmay, uning namoyon boʻlishini kamaytirib, simptomatik taʼsir koʻrsatadi. Metilprednizolonning yalligʻlanishga qarshi samarasi gidrokortizonning samaradorligidan kamida 5 marta ortiq.
Metilprednizolonning endokrin samaralariga AKTG sekretsiyasini susayishi, endogen kortizol ishlab chiqarilishini ingibitsiya qilinishi kiradi, uzoq muddat qoʻllanganida buyrak usti bezlarining poʻstloq qismini qisman atrofiyasini chaqiradi. Metilprednizolonning 40 mg bir martalik dozasi taxminan 36 soat davomida kortikotropin sekretsiyasini ingibitsiya qiladi. Kalsiy, D vitaminini metabolizmiga, uglevodlar, oqsillar va lipidlar almashinuviga taʼsir qiladi, shuning uchun bu preparatlar uzoq muddat qoʻllanganida qonda glyukozaning miqdorini oshishi, suyak toʻqimasi zichligini kamayishi, mushaklar atrofiyasi va dislipidemiya koʻrinishlari kuzatilishi mumkin. Glyukokortikoidlar shuningdek qon bosimini oshishiga va hulq-atvor va kayfiyatni oʻzgarishiga olib keladi. Metilprednizolon mineralokortikoid faollikka deyarli ega emas.
Farmakokinetikasi
tahrirPeroral qabul qilingan metilprednizolonning biokiraolishligi odatda 80 % koʻproqni tashkil etadi, biroq yuqori dozalarda buyurilganida pastroq boʻlishi mumkin.
Metilprednizolon peroral qabul qilinganida qon zardobidagi choʻqqi konsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Metilprednizolon 77 % ga plazma proteinlari bilan bogʻlanadi, transkortin bilan bogʻlanishi ahamiyatsiz darajada. Taqsimlanish hajmi — 1-1,5 l/kg. Metilprednizolon nofaol metabolit hosil boʻlgungacha metabolizmga uchraydi. Umumiy klirensi minutiga 6,5 ml/kg ni tashkil etadi. Yalligʻlanishga qarshi samarasining davomiyligi — 18-36 soat. Preparatning taxminan 5 % organizmdan siydik bilan chiqariladi. Metilprednizolon yoʻldosh orqali oʻtadi va koʻkrak suti bilan chiqariladi. Metilprednizolon dializda chiqariladi.[5]
Sintetik glyukokortikoidlar | Ekvivalent doza (mg) | Yalligʻlanishga qarshi faoliyat11 | Mineralokortikoid faolligi1 | Biologik yarim umri (soat) | Manbalar |
---|---|---|---|---|---|
Qisqa va oʻrta taʼsirli glyukokortikoidlar | |||||
Gidrokortizon | 20 | 1 | 1 | 8-12 | [1][5] |
Kortizol | 25 | 0.8 | 0.8 | 8-12 | [1][5] |
Prednizol | 5 | 4 | 0.3 | 12-36 | [1][5] |
Prednizolon | 5 | 4 — 5 | 0.3 | 12-36 | [1][5] |
Metilprednizolon | 4 | 5 | 0.25-0.5 | 12-36 | [1][5] |
Meprednizon | 4 | 5 | 0 | [1] | |
Oʻrta taʼsirli glyukokortikoidlar | |||||
Triamsinolon | 4 | 5 | 0 | 12-36 | [1][5] |
Parametazon | 2 | 10 | 0 | N/A | [1][5] |
Fluprednizolon | 1.5 | 15 | 0 | [1] | |
Uzoq muddatli glyukokortikoidlar | |||||
Betametazon | 0.6 | 25-40 | 0 | 36-72 | [1][5][6] |
Deksametazon | 0.75 | 30 | 0 | 36-72 | [1][5] |
Mineralokortikoidlar | |||||
Fludrokortizon | 2 | 10 | 250 | 18-36 | [1][5] |
Dezoksikortikosteron asetat | 0 | 20 |
Qoʻllanilishi
tahrirEndokrin kasalliklari.
tahrirBuyrak usti bezlarining birlamchi va ikkilamchi yetishmovchiligi (bunda birinchi qator preparatlari boʻlib gidrokortizon yoki kortizon hisoblanadi, zarurati boʻlganida sintetik analoglari mineralokortikoidlar bilan birga qoʻllanishi mumkin; mineralokortikoidlar bilan bir vaqtda qoʻllash ayniqsa bolalarda muhim).
- Buyrak usti bezlarining tugʻma giperplaziyasi.
- Yiringli boʻlmagan tireoidit.
- Onkologik kasalliklardagi giperkalsiyemiya.
Endokrin boʻlmagan kasalliklar.
tahrirRevmatik kasalliklar.
tahrirQuyidagi holatlarda qisqa vaqt qoʻllash uchun qoʻshimcha davolash sifatida (bemorni oʻtkir holatdan chiqarish yoki jarayonni zoʻrayishida):
- Psoriatik artrit;
- revmatoid artrit, shu jumladan yuvenil revmatoid artrit (ayrim hollarda past dozalarda samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash talab etilishi mumkin);
- ankilozlanuvchi spondilit;
- oʻtkir va nimoʻtkir bursit;
- oʻtkir nospetsifik tendosinovit;
- oʻtkir podagrik artrit;
- posttravmatik osteoartroz;
- osteoartrozdagi sinovit;
- epikondilit.
Kollagenozlar.
tahrirQuyidagi kasalliklarda zoʻrayish davrida yoki ayrim hollarda samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida:
- tizimli qizil yugurik;
- tizimli dermatomiozit (polimiozit);
- oʻtkir revmokardit;
- yirik xujayrali arteriitdagi revmatik polimialgiya.
Teri kasalliklari.
tahrir- poʻrsildoq;
- bullyoz gerpessimon dermatit;
- ogʻir darajadagi koʻp shaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi);
- eksfoliativ dermatit;
- zamburugʻsimon mikoz;
- ogʻir darajadagi psoriaz;
- ogʻir darajadagi seboreyali dermatit.
Allergik holatlar.
tahrirStandart davolash samarasiz boʻlgan holatlarda quyidagi ogʻir darajadagi va allergik holatlarni davolash uchun:
- mavsumiy yoki yil boʻyi allergik rinit;
- zardob kasalligi;
- bronxial astma;
- medikamentoz allergiya;
- kontakt dermatit;
- atopik dermatit.
Koʻz kasalliklari.
tahrirQuyidagilar kabi koʻzlarni ogʻir darajadagi oʻtkir va surunkali allergik va yalligʻlanish jarayonlari:
- muguz pardaning qirgʻogʻining allergik yaralari;
- Herpes zoster chaqirgan koʻzlarni shikastlanishi;
- koʻzlarning old segmentini yalligʻlanishi;
- diffuz orqa uveit va xorioidit;
- simpatik oftalmiya;
- allergik konʼyunktivit;
- keratit;
- xorioretinit;
- koʻruv nervi nevriti;
- irit va iridotsiklit.
Nafas aʼzolari kasalliklari.
tahrir- Simptomatik sarkoidoz;
- boshqa usullar bilan davolab boʻlmaydigan Leffler sindromi;
- berillioz;
- fulminant yoki disseminatsiyalangan oʻpka tuberkulyozi (tegishli tuberkulyozga qarshi ximioterapiya bilan birga qoʻllanadi);
- aspiratsion pnevmonit.
Gematologik kasalliklar.
tahrir- Kattalarda idiopatik trombotsitopenik purpura;
- kattalarda ikkilamchi trombotsitopeniya;
- orttirilgan (autoimmun) gemolitik anemiya;
- eritroblastopeniya (eritrotsitar anemiya);
- tugʻma (eritroid) gipoplastik anemiya.
Onkologik kasalliklar.
tahrirQuyidagi kasalliklarda palliativ davolash sifatida:
- kattalarda leykozlar va limfomalar;
- bolalarda oʻtkir leykoz.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 Basic & clinical pharmacology, 12th, New York: McGraw-Hill Medical, 2012. ISBN 978-0-07-176401-8. OCLC 761378641.
- ↑ Timmermans S, Souffriau J, Libert C (2019). „A General Introduction to Glucocorticoid Biology“. Frontiers in Immunology (English). 10-jild. 1545-bet. doi:10.3389/fimmu.2019.01545. PMC 6621919. PMID 31333672.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ Xavier AM, Anunciato AK, Rosenstock TR, Glezer I (2016). „Gene Expression Control by Glucocorticoid Receptors during Innate Immune Responses“. Frontiers in Endocrinology (English). 7-jild. 31-bet. doi:10.3389/fendo.2016.00031. PMC 4835445. PMID 27148162.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ „Methylprednisolone“, StatPearls. StatPearls Publishing, 2020. Qaraldi: 10-noyabr 2020-yil.
- ↑ 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 Paragliola RM, Papi G, Pontecorvi A, Corsello SM (October 2017). „Treatment with Synthetic Glucocorticoids and the Hypothalamus-Pituitary-Adrenal Axis“. International Journal of Molecular Sciences. 18-jild, № 10. 2201-bet. doi:10.3390/ijms18102201. PMC 5666882. PMID 29053578.
- ↑ Fietta P, Fietta P, Delsante G (October 2009). „Central nervous system effects of natural and synthetic glucocorticoids“. Psychiatry and Clinical Neurosciences. 63-jild, № 5. 613–22-bet. doi:10.1111/j.1440-1819.2009.02005.x. PMID 19788629. S2CID 28778979.