Michael Freedman
Michael Freedman (talaffuzi: Maykl Fridman) (1951-yil 21-aprelda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Santa Barbaradagi California universiteti qoshidagi Microsoft Research institutida faoliyat yuritadi. U yerda topologik kvant kompyuter yaratish ustida ishlamoqda. Freedman 1986-yilda Umumlashtirilgan Poincaré gipotezasi boʻyicha ishlari uchun Fields medali bilan taqdirlangan. Freeman Robion Kirby bilan birgalikda gipoteza n = 4 uchun ham toʻgʻri ekanligini koʻrsatib bergan. Hozirda u Santa-Barbara Kaliforniya universitetida ishlaydi,
Michael Freedman | |
---|---|
Tavalludi |
21-aprel 1951-yil Los Angeles, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Microsoft Research California universiteti, Santa Barbara California universiteti, San Diego Perspektiv tadqiqotlar instituti California universiteti, Berkeley |
Taʼlimi |
Princeton universiteti California universiteti, Berkeley |
Akademik rahbarlari | William Browder |
Mashhur shogirdlari | Ian Agol |
Mashhur ishlari | Umumlashtirilgan Poincaré gipotezasi 4-oʻlchamda |
Mukofotlari |
Sloan tadqiqot stipendiyasi (1980) MacArthur stipendiyasi (1984) Oswald Veblen geometriya mukofoti (1986) Fields medali (1986) Milliy fan medali (1987) Guggenheim stipendiyasi (1994) |
Freedman Los-Angelesda yahudiylar oilasida tugʻilgan. Yozuvchi David Freedmanning nevarasi. Freedman 1968-yilda Berkleydagi California universiteti oʻqishga kirdi, soʻngra Princeton universitetida oʻqishni davom ettirdi. U yerda 1973-yilda William Browder rahbarligida yozilgan „Kodimensiya-ikki jarrohligi“ (inglizcha: Codimension-Two Surgery) dissertatsiyasini yoqlab, falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. Soʻngra Freedman Berkleydagi California universitetida matematika professori etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 1973–1975-yillarda ishlagan. 1975-yil Princeton shtatidagi Perspektiv tadqiqotlar institutiga aʼzo boʻlgan. 1976-yilda u San Diegodagi California universiteti matematika kafedrasida toʻngʻich oʻqituvchi lavozimiga tayinlandi.
Freedman Sloan tadqiqot stipendiyasi (1980), MacArthur stipendiyasi (1984), Oswald Veblen geometriya mukofoti (1986), Milliy fan medali (1987), Guggenheim stipendiyasi (1994) kabi koʻplab mukofotga sazovor boʻlgan. U AQSh milliy fanlar akademiyasining, Amerika san'at va fan akademiyasining hamda Amerika matematika jamiyatining aʼzosidir.