Michael Krohn-Dehli (talaffuzi: Maykl Kron-Dehli; 1983-yil 6-iyunda tugʻilgan) — daniyalik sobiq professional futbolchi. Asosan hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Michael Krohn-Dehli
Krohn-Dehli 2012-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michael Krohn-Dehli[1]
Tavallud sanasi 6-iyun 1983-yil (1983-06-06) (40 yosh)[1]
Tavallud joyi Kopengagen, Daniya
Boʻyi 1.71 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Rosenhøj BK
Hvidovre
2000—2002 Brøndby
2002—2004 Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2006 RKC Waalwijk 48 (2)
2006—2008 Ajax 4 (0)
2006—2007Sparta Rotterdam (ijara) 12 (1)
2008—2012 Brøndby 122 (26)
2012—2015 Celta 101 (3)
2015—2018 Sevilla 42 (2)
2018—2019 Deportivo La Coruña 25 (0)
Milliy terma jamoa
2000—2001 Daniya U19 5 (0)
2002—2004 Daniya U20 10 (4)
2004—2006 Daniya U21 8 (2)
2006—2018 Daniya 62 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Kopengagenda tugʻilgan Krohn-Dehli Daniyaning Rosenhøj BK klubida futbol oʻynay boshlagan. Shundan soʻng Daniyaning Hvidovre IF va Brøndby IF klublarida oʻynadi.

2002-yilda Krohn-Dehli Ajaxga qoʻshildi. Danny Blind qoʻl ostida „Ajax“ safida ajoyib oʻyin koʻrsatdi. 2004-yilda RKC Waalwijkga tekinga oʻtdi. Klubdagi professional debyutini 2004-yilning 15-avgustida Groningenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Ajaxga qaytish tahrir

Ikki yil oʻtgach, Krohn-Dehli „Ajax“ bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. Yarim himoyachi 2006-yil 17-sentyabrda Roda JC Kerkradega qarshi oʻyinda (2:0) debyutini oʻtkazdi. Qishki tanaffusdan soʻng „Ajax“ safida atigi uchta oʻyinda maydonga tushdi, 2007-yilning 31-yanvarida yarim mavsumga Rotterdamning Sparta klubiga ijaraga berildi. Yozgi tanaffusdan soʻng, 2007—2008-yilgi mavsumda „Ajax“ga qaytdi.

Brøndbyga qaytish tahrir

Ajax 2008-yilning 29-avgustida Krohn-Dehlini Daniyaning Brøndby IF klubiga oʻtkazishini eʼlon qildi[2]. Ikki kundan keyin 31-avgust kuni Copenhagenga qarshi oʻyinda debyut qildi.

Celta tahrir

2012-yilning 21-avgustida Krohn-Dehli tibbiy koʻrikdan oʻtib Celta de Vigoga oʻtishi eʼlon qilindi[3].

Sevilla tahrir

2015-yilning 1-iyunida Krohn-Dehli La Ligada vakili Sevilla bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[4][5].

Deportivo La Coruña tahrir

2018-yilning 29-yanvarida Krohn-Dehli La Liga vakili Deportivo La Coruñaga bir yarim yillik shartnoma asosida qoʻshildi[6]. Klub ligadan tushib ketganidan soʻng, Krohn-Dehli 2019-yilning iyulida erkin agent boʻldi[7]. 2020-yilning 10-iyulida, „Deportivo“dan ketganidan bir yil o‘tib, Krohn-Dehli o‘z agenti orqali rasman professional futboldan ketganini va mutaxassis sifatida faoliyat yuritishini eʼlon qildi[8].

Xalqaro faoliyati tahrir

Krohn-Dehli Daniya terma jamoasi safida 2006-yil 11-oktyabrda Lixtenshteynga qarshi Yevro-2008 saralash bahsida debyut qilgan.

 
Krohn-Dehli Yevro-2012da Gollandiyaga qarshi oʻyinda

Yevro-2012da Daniyaning Gollandiya ustidan qozonilgan g‘alabasidagi (1:0) yagona golni Krohn-Dehli kiritgan[9].

2018-yil may oyida Daniyaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[10][11].

Jahon chempionatidan soʻng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar[13][14]
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
RKC Waalwijk 2004—2005 Erediviziya 31 2 31 2
2005—2006 17 0 17 0
Jami 48 2 0 0 0 0 48 2
Ajax 2006—2007 Erediviziya 3 0 3 0
2007—2008 1 0 1 0
Jami 4 0 0 0 0 0 4 0
Sparta Rotterdam 2006—2007 Erediviziya 12 1 12 1
Brøndby IF 2008—2009 Superligaen 28 5 2 1 30 6
2009—2010 32 4 6 0 38 4
2010—2011 29 12 5 0 34 12
2011—2012 27 5 1 0 2 1 30 6
2012—2013 6 0 6 0
Jami 122 26 1 0 15 2 138 28
Celta Vigo 2012—2013 La Liga 34 1 3 0 37 1
2013—2014 31 0 2 0 33 0
2014—2015 36 1 2 0 38 1
Jami 101 2 7 0 0 0 108 2
Sevilla 2015—2016 La Liga 27 1 6 3 14 0 47 4
2016—2017 2 0 0 0 2 0
2017—2018 13 1 2 0 3 0 18 1
Jami 42 2 8 3 17 0 67 5
Deportivo La Coruña 2017—2018 La Liga 11 0 0 0 11 0
2018—2019 Segunda Diviziyasi 14 0 1 0 15 0
Jami 25 0 1 0 26 0
Jami faoliyati 354 33 17 3 32 2 403 38

Xalqaro tahrir

Manba:

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Jamoa Yil ishtirok Gollar
Daniya 2006-yil 1 0
2007-yil - -
2008-yil 2 0
2009-yil - -
2010-yil 8 0
2011-yil 10 4
2012-yil 11 2
2013-yil 11 0
2014-yil 7 0
2015-yil 9 0
2016-yil - -
2017-yil - -
2018-yil 3 0
Jami 62 6
Michael Krohn-Dehli tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2011-yil 29-mart Štadion Antona Malatinského, Trnava, Slovakiya   Slovakiya 2—1 2—1 Doʻstona
2. 2011-yil 7-oktyabr GSP stadioni, Nikosiya, Kipr   Kipr Respublikasi 3—0 4—1 UEFA Yevro-2012 saralashi
3. 2011-yil 11-oktyabr Parken, Kopengagen, Daniya   Portugaliya 1—0 2—1
4. 2011-yil 11-noyabr Parken, Kopengagen, Daniya   Shvetsiya 2—0 2—0 Doʻstona
5. 2012-yil 9-iyun „Metalist“ stadioni, Xarkov, Ukraina   Niderlandiya 1—0 1—0 UEFA Yevro 2012
6. 2012-yil 17-iyun Arena Lvov, Lvov, Ukraina   Germaniya 1—1 1—2

Yutuqlari tahrir

Sevilla

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Denmark“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „AFC Ajax“ (nl). 2008-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-avgust.
  3. „Krohn-Dehli completes Spanish medical“ (nl). Qaraldi: 2012-yil 22-avgust.
  4. „EL SEVILLA FC FIRMA A MICHAEL KROHN-DEHLI PARA LAS DOS PRÓXIMAS TEMPORADAS“. 2015-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  5. „Sevilla confirm signing of Michael Krohn-Dehli“. AS.com. ESPN (2015-yil 1-iyun). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  6. „Oficial: el Depor cierra la incorporación de Krohn-Dehli“. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  7. Dehn. „Sportsdirektør bekræfter: Michael Krohn-Dehli forlader sin klub“. tipsbladet.dk. Tipsbladet (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.
  8. Okstrøm. „Tidligere landsholdsspiller stopper karrieren: Vil nu være tv-ekspert“. tipsbladet.dk. Tipsbladet (2020-yil 10-iyul). Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.
  9. „Netherlands 0–1 Denmark“. BBC Sport (2012-yil 9-iyun). Qaraldi: 2012-yil 9-iyun.
  10. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - 23-man & preliminary lists & when will they be announced?“. Goal. Qaraldi: 2018-yil 17-may.
  11. „Krohn-Dehli called for Denmark's pre-selection | Página Oficial del R. C. Deportivo de La Coruña“ (en). Krohn-Dehli called for Denmark’s pre-selection | Página Oficial del R. C. Deportivo de La Coruña. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  12. „Kvist and Krohn-Dehli retire after Croatia loss“. FourFourTwo. 2018-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
  13. „M. Krohn-Dehli“ (nl). Voetbal International. 2015-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-fevral.
  14. „M. Krohn-Dehli“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 19-fevral.
  15. „Sevilla-spiller: Denne sejr er til Krohn-Dehl“. bold.dk (2016-yil 18-may). Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.