Micheline Calmy-Rey

Shveytsariya Federal Kengashi a'zosi

Micheline Anne-Marie Calmy-Rey (talaffuzi: Mishlen Kalmi-re, 8-iyul 1945) – Shveytsariya Prezidenti (2007 va 2011-yilda)[1][2][3][4][5]

Micheline Calmy-Rey
Shveytsariya Prezidenti
Mansab davri
1-yanvar 2011-yil – 31-dekabr 2011-yilgacha
Vitse-prezident Eveline Widmer-Schlumpf
Oʻtmishdoshi Doris Leuthard
Vorisi Eveline Widmer-Schlumpf
Mansab davri
1-yanvar 2007-yil – 31-dekabr 2007-yilgacha
Vitse-prezident Pascal Couchepin
Oʻtmishdoshi Moritz Leuenberger
Vorisi Pascal Couchepin
Shveytsariya vitse-prezidenti
Mansab davri
1-noyabr 2010-yil – 31-dekabr 2010-yilgacha
Prezident Doris Leuthard
Oʻtmishdoshi Moritz Leuenberger
Vorisi Eveline Widmer-Schlumpf
Mansab davri
1-yanvar 2006-yil – 31-dekabr 2006-yilgacha
Prezident Moritz Leuenberger
Oʻtmishdoshi Moritz Leuenberger
Vorisi Pascal Couchepin
Shveytsariya tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1-yanvar 2003-yil – 31-dekabr 2011-yilgacha
Oʻtmishdoshi Joseph Deiss
Vorisi Didier Burkhalter
Shveytsariya federal kengashi a’zosi
Mansab davri
1-yanvar 2003-yil – 31-dekabr 2011-yilgacha
Oʻtmishdoshi Ruth Dreifuss
Vorisi Alain Berset
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-iyul 1945-yil (1945-07-08) (78 yosh)
Sion

Biografiya tahrir

Kalmi-Rey 1945-yil 8-iyulda Vale kantonidagi Sion shahrida Charles va Adeline Rey oilasida tug'ilgan. 1963-yilda Sen-Morisda diplom va 1968-yilda Jenevadagi Xalqaro tadqiqotlar oliy institutida siyosatshunoslik bo'yicha magistr darajasini oldi. O'qish paytida Andrea Calmyga turmushga chiqdi. Ularning ikki farzandi bor.

Kalmi-Rey kitob tarqatish biznesida kichik korxona tashkil qildi. 1981-yildan 1997-yilgacha Kalmi-Rey Jeneva kantonining Buyuk Konselida sotsial-demokratik partiya (PSS/SPS) a'zosi sifatida vakil bo'lib ishlagan va 1992—1993-yillarda assambleya prezidenti bo'lgan. 1986-yildan 1990-yilgacha va yana 1993-yildan 1997-yilgacha partiyaning Jeneva bo'limi prezidenti bo'lgan. 1997-yilda Calmy-Rey Jeneva Konseli a'zoligiga saylandi. 2001-yilda moliya bo'limi boshlig'i va kantonning Davlat kengashi prezidenti bo'ldi[6].

2002-yil 4-dekabrda Federal Kengashga saylangan, 2003-yildan 2011-yilgacha Federal Tashqi ishlar departamentini boshqargan. Tarixda Federal Kengashga saylangan to'rtinchi ayoldir. 2005-yilda Shveysariya vitse-prezidenti etib saylandi. 2006-yil va 2010-yil kalendar yilida egallagan.

Calmy-Rey Shveysariyaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishini qo'llab-quvvatlaydi va u Serxio Vieira de Mello jamg'armasining taniqli a'zosidir. SAFFA-2020 loyihasida Doris Leythard, Simonetta Sommaruga va Eveline Widmer-Schlumpf bilan birga hamkorlik qilgan[7].

2016-yildan beri Kalmi-Rey demokratik yetakchilikni qoʻllab-quvvatlash, vositachilik yoʻli bilan nizolarni oldini olish va hal qilish hamda demokratik boshqaruv shaklida yaxshi boshqaruvni targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilot - Global Leadership Foundation boshqaruvi a’zosi. U buni sobiq rahbarlarning tajribasini bugungi milliy liderlarga ehtiyotkorlik bilan va ishonchli tarzda taqdim etish orqali amalga oshiradi. Bu notijorat tashkilot boʻlib, sobiq hukumat rahbarlari, yuqori martabali hukumat va xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan iborat boʻlib, ular hukumat rahbarlari bilan oʻzlarini qiziqtirgan boshqaruv bilan bogʻliq masalalarda yaqindan hamkorlik qiladi.

Manbalar tahrir

  1. http://www.eda.admin.ch/eda/en/home/recent/media/mcom/single.html?id=17831 Swiss government press release on the natural gas agreement
  2. „Jewish Group Slams Swiss-Iran Gas Deal; U.S. Questions Switzerlandʻs Neutrality“ (Dutch). FoxNews (31-mart]] 2008). Qaraldi: 26-may]] 2015.
  3. „Swiss minister sparks veil outcry“. BBC News (20-mart]] 2008). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
  4. President Jeremić attends a High-level Advisory Panel entitled: “The Future of the United Nations in a Changing World”, United Nations, press release of 25-fevral 2013.
  5. „President Calmy-Rey to retire from government“.
  6. Jensen, Jane S. "Micheline Calmy-Rey" in Women as political leaders: breaking the highest glass ceiling, New York, NY: Palgrave Macmillan, ISBN 978-0-312-22338-0, p. 56
  7. „Patronat“ (de). 2020.ch. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.