Mikalay Kamyanchuk
Mikalay Kamyanchuk (belaruscha: Мікалай Камянчук; 1987-yil 9-avgustda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi belarusiyalik figurali uchuvchi. U toʻrt marta Yvropa chempionatida sheriklari Lyubov Bakirova va Tatyana Danilova bilan birga kuchli oʻntalikka kirgan.
Mikalay Kamyanchuk | |
---|---|
Danilova va Kamyanchuk | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Asl ismi | Мікалай Камянчук |
Davlat | Belarusiya |
Tavalludi |
9-avgust 1987-yil Minsk |
Sherigi | Tatyana Danilova |
Oldingi sheriklari | Lyubov Bakirova |
Murabbiyi | Dmitriy Kaplun |
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi | Minsk |
Uchishni boshlagan | 1992 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 53.27 |
Erkin dastur | 98.64 |
Faoliyati
tahrirIlk faoliyati
tahrirKamyanchuk 1992-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 16 yoshida yakka holda konkida ushishdan juftlikda konkida uchishga oʻtgan.
Kamyanchuk 2009-yilda rossiyalik Lyubov Bakirova bilan birga juftlik hosil qilgan va musobaqalada qatnasha boshlagan. Olti marta Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) chempionatida qatnashgan juftlik, 2011-yilda Bernda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida va 2012-yil Sheffildda oʻtkazilgan Yevropa chempionati musobaqalarida ishtirok etib, eng yaxshi natijaga erishgan va 10-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2011 — 2012-yilgi mavsum oxirigacha birga musobaqalarda chiqish qildilar.
Danilova bilan
tahrirMikalay Kamyanchuk 2014 — 2015-yilgi mavsumda Danilova bilan Belorussiya terma jamoasi vakili sifatida kurasha boshlagan[1]. Juftlik 2014-yil dekabr oyida CS Golden Spin of Zagreb musobaqasida oʻz debyutini amalga oshirgan holda 6-o‘rindan joy olgan. Juftlik 2015-yil yanvar oyida Toruń Cup turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular Belarusiya chempionatida Mariya Palyakova / Nikita Bochkovdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.
Danilova / Kamyanchuk juftligi 2016-yilda Bratislavada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan va 2016-yilda Dmitriy Kaplun boshchiligidagi Bostonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 20-oʻrinni egallagan[2].
Bu juftlik 2017-yilda Ostravada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan. Ular Xelsinkida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Jahon chempionatida 23-oʻrinni egallagan[3].
Dasturlari
tahrirDanilova bilan
tahrirMavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2016 — 18 |
|
|
2015 — 16 |
|
|
Natijalari
tahrirGP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Danilova bilan
tahrirXalqaro | ||||
---|---|---|---|---|
Musobaqa | 2014 — 15 | 2015 — 16 | 2016 — 17 | 2017 — 18 |
Jahon chempionati | 20 | 23 | ||
Yevropa chempionati | 10 | 10 | ||
CS Golden Spin of Zagreb | 6 | 8 | ||
CS Mordoviya bezaklari | 5 | |||
CS Nebelhorn Trophy | 12 | |||
CS Warsaw Cup | 4 | 6 | ||
Toruń Cup | 2 | |||
Milliy | ||||
Belarusiya chempionati | 2 | 1 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ Mikhalevich, Yuriy. „"Хочется доказать Тарасовой, что мы не хромые лошади". История пары фигуристов из Беларуси“ (Russian). tut.by (2017-yil 20-fevral). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
- ↑ Mikhalevich, Yuriy. „"Хочется доказать Тарасовой, что мы не хромые лошади". История пары фигуристов из Беларуси“ (Russian). tut.by (2017-yil 20-fevral). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
- ↑ „Tatiana DANILOVA / Mikalai KAMIANCHUK: 2016/2017“. International Skating Union. 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan.