Milad Muhammadi
Milad Muhammadi (1993-yil 29-sentyabrda tugʻilgan; forscha: میلاد محمدی) — eronlik professional futbolchi. U Fors koʻrfazi Pro ligasi klubi Persepolis hamda Eron terma jamoasida oʻynaydi. Tezligi va koʻp qirraliligi bilan tanilgan Muhammadi chap qanot himoyachisi va vinger sifatida toʻp suradi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Milad Muhammadi[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-sentyabr 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Tehron, Eron | ||
Boʻyi | 1.75 m[2] | ||
Ampluasi |
Chap qanot himoyachisi Vinger | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Persepolis | ||
Raqami | 4 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007—2008 | Pirozi Academy | ||
2008—2012 | Damash Tehran | ||
2012—2014 | Nirooye Zamini | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014—2016 | Rah Ahan | 44 | (0) |
2016—2019 | Axmat Grozniy | 78 | (3) |
2019—2021 | Gent | 47 | (2) |
2021—2024 | AEK Athens | 48 | (1) |
2024 | Adana Demirspor | 14 | (0) |
2024— | Persepolis | 6 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2015—2016 | Eron 23 yoshgacha | 15 | (3) |
2015— | Eron | 48 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 13-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 29-noyabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirRah Ahan
tahrirMilad Muhammadi 2014-yilning yozida 5 yillik shartnoma[3] asosida Rah Ahanga qoʻshildi va jamoa tarkibida Eron Pro ligasining 2014—2015-yilgi mavsumdagi birinchi uchrashuvida, Esteghlalga qarshi oʻyinda debyut qildi[4].
2015-yilning iyul oyida Muhammadi Avstriyaning Bundesliga klubi Sturm Grazda oʻynash uchun sinovdan oʻtgan edi[5]. Xabarlarga koʻra, unga Yevropa jamoalaridan ikkita taklif tushgan, ammo Rah Ahan bosh murabbiyi Farhod Kazemi Muhammadini klubdan ketishiga ruxsat bermagan.
Axmat Grozniy
tahrir2016-yilning 6-fevralida Muhammadi Rossiya Premyer-ligasining Axmat Grozniy klubi bilan 2019-yilgacha davom etadigan shartnoma imzoladi[6][7]. U Axmat Grozniy safida 2016-yilning 2-aprelida Anjiga qarshi gʻalaba bilan kechgan uchrashuvda (3:2) zaxiradan maydonga tushgan edi[8]. Muhammadi Grozniy safidagi va professional ligadagi ilk golini 2017-yilning 29-aprelida Ural Yekaterinburgga qarshi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda (5:2) kiritdi. 2016—2017-yilgi mavsumdan soʻng u 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida Osiyoning eng yaxshi 50 ta iqtidorli yoshlaridan biri sifatida eʼtirof etildi[9].
2019-yil 27-may kuni Axmat Muhammadi shartnomasi muddati tugagach, klubni erkin agent sifatida tark etganini tasdiqladi[10].
Gent
tahrir2019-yil iyul oyida Muhammadi Belgiyaning Gent klubi bilan shartnoma imzoladi[11].
AEK Athens
tahrir25-avgust kuni Gentni tark etganidan soʻng, Muhammadi 2021-yil 17-sentyabrda Gretsiya Superligasining AEK Athens jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[12].
Adana Demirspor
tahrir2024-yil 26-yanvar kuni eronlik xalqaro futbolchi Muhammadi Turkiyaning Adana Demirspor jamoasiga qilgan transferini yakunladi. Klub 2,5 yillik shartnoma imzolanganini eʼlon qildi. Bu shartnoma Muhammadining 2026-yil yozigacha Adana Demirspor safida qolishini kafolatlaydi. Ushbu transfer haqida Footballi va boshqa sport yangiliklari nashrlari xabar berdi[13].
U 2024-yilning 19-avgustida klubni tark etdi.
Persepolis
tahrir2024-yilning 20-avgustida Muhammadi ikki yillik shartnoma asosida Fors koʻrfazi Pro ligasi vakili Persepolisga qoʻshildi[14][15][16].
Xalqaro faoliyati
tahrirMuhammadi 2016-yilgi 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gol urgan edi[17].
Carlos Queiroz Muhammadini 2015-yilning iyun oyida terma jamoa lageriga taklif qilgan, u 2015-yilning 11-iyunida Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va 2015-yilning 16-iyunida Turkmanistonga qarshi Jahon chempionati saralashida zaxirada oʻtirgan.
Muhammadi 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatida qatnashadigan Eron terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi[18]; u Ispaniyaga qarshi oʻyinning 93-daqiqasida, Eron 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchrayotganida gʻayritabiiy tarzda toʻpni oʻyinga kiritishga urinib muvaffaqiyatsizlikka uchradi va shu bilan eʼtiborni tortdi[19].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2022-yil 17-may holatiga koʻra[20]:
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Goals | ||
Rah Ahan | 2014—2015 | Fors koʻrfazi Pro ligasi | 27 | 0 | 1 | 1 | — | — | 28 | 1 | ||
2015—2016 | 17 | 0 | 2 | 0 | — | — | 19 | 0 | ||||
Jami | 44 | 0 | 3 | 1 | — | — | 47 | 1 | ||||
Akhmat Grozny | 2015—2016 | Rossiya Premyer-ligasi | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 3 | 0 | ||
2016—2017 | 24 | 2 | 1 | 0 | — | — | 25 | 2 | ||||
2017—2018 | 23 | 0 | 1 | 0 | — | — | 24 | 0 | ||||
2018—2019 | 28 | 1 | 2 | 0 | — | — | 30 | 1 | ||||
Jami | 78 | 3 | 4 | 0 | — | — | 82 | 3 | ||||
Gent | 2019—2020 | Belgiya birinchi divizioni A | 18 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | 24 | 1 | |
2020—2021 | 29 | 1 | 3 | 0 | 6 | 0 | 3 | 0 | 41 | 1 | ||
Jami | 47 | 2 | 5 | 0 | 10 | 0 | 3 | 0 | 65 | 2 | ||
AEK Athens | 2021—2022 | Gretsiya Superligasi | 25 | 0 | 3 | 0 | — | — | 28 | 0 | ||
Faoliyati jami | 194 | 5 | 15 | 1 | 10 | 0 | 3 | 0 | 222 | 6 |
Xalqaro
tahrir2022-yil 29-noyabrgacha oʻtkazilgan oʻyinlar holatiga koʻra aniq statistika[21]:
Eron | ||
---|---|---|
Yil | Ishtirok | Gollar |
2015 | 2 | 0 |
2016 | 6 | 0 |
2017 | 6 | 0 |
2018 | 10 | 0 |
2019 | 10 | 0 |
2020 | 2 | 0 |
2021 | 7 | 1 |
2022 | 5 | 0 |
Jami | 48 | 1 |
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2021-yil 11-iyun | Bahrayn milliy stadioni, Riffa, Bahrayn | Kambodja | 5–0
|
10–0
|
2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: IR Iran (IRN)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
- ↑ „2018 FIFA World Cup: List of players“. FIFA (2018-yil 18-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
- ↑ „دوقلوها و طالبلو با راهآهن ثبت کردند“. خبرگزاری فارس. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ „لیگ برتر : راه آهن یزدان - استقلال تهران“. وب سایت رسمی سازمان لیگ فوتبال ایران,لیگ برتر فوتبال ایران,فوتبال برتر. 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
- ↑ Spielaufzeichnung: SK Sturm Graz 1:0 RFK Terek Grozny (0:0).
- ↑ „Milad Mohammadi joins Russian Premier League club Terek Grozny“.
- ↑ „РФК "Терек" Грозный им. А. А. Кадырова“. 2014-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ „Terek Grozny vs. Anzhi - 2 April 2016 - Soccerway“.
- ↑ „50 U23 Players to Watch Out for“ (2017-yil 25-iyun). 2022-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ „Милад Мохаммади и Беким Балай покидают "Ахмат". Спасибо за все, друзья!“ (ru). FC Akhmat Grozny (2019-yil 27-may). 2019-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ „Iran's Milad Mohammadi Signs for KAA Gent“ (2019-yil 18-iyul).
- ↑ „ΑΕΚ: Επίσημα στην Ένωση ο Μοχαμάντι για τρία χρόνια“ (el). www.sport24.gr (2021-yil 17-sentyabr).
- ↑ „میلاد محمدی با قراردادی 2.5 ساله رسما به آدنا دمیراسپور ترکیه پیوست“ (fa). Footballi (2024-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
- ↑ میلاد محمدی به پرسپولیس پیوست- ویدیو ورزش سه. ویدیو ورزش سه.
- ↑ „بمب دیرهنگام پرسپولیس ترکید/میلاد محمدی در اردوگاه سرخ - خبرگزاری مهر | اخبار ایران و جهان | Mehr News Agency“. www.mehrnews.com. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
- ↑ „بمب سرخپوشان بالاخره ترکید؛ میلاد محمدی به پرسپولیس پیوست“ (fa). ایرنا (2024-yil 19-avgust). Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
- ↑ „Milad Mohammadi Career Statistics“. Goal.com.
- ↑ „World Cup 2018: Iran head coach Carlos Queiroz names final squad“. BBC Sport (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
- ↑ „World Cup 2018: Iran 0-1 Spain - the throw-in everyone is talking about“. BBC Sport (2018-yil 20-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
- ↑ „M. Mohammadi“. Soccerway. Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.
- ↑ „Profile: Milad MOHAMMADI“. teammelli.com. Team Melli. Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.