Mildyu (ang . mildew), soxta kul kasalligi, peronosporoz — oʻsimliklarning peronosporali zamburugʻlardan zararlanishi. Aksariyat tokda xavfli soxta kul kasalligini qoʻzgʻatadi. Tarqatuvchisi — Plasmopora viticola Berl. et Toni. parazit zamburugʻ hisoblanib, tokning jonli toʻqimasini, novda, barglari va uzum gʻujumlarini zararlaydi. Ortiqcha namlik va yogʻingarchilik kasallikni avjlantiradi. Mavsumda 20-martgacha avlod beradi. Kurash choralari: tok parvarishida agrotexnologiya talablariga rioya qilish; bordo suyukligi, sineb, kuprozan, mikal va boshqa fungitsidlarni purkash.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil