Milliy bozor — muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan tovar muomalasi sohasi. Kapitalizm taraqqiyoti mayda mahalliy bozorlarni yaxlit milliy bozorga birlashtiradi. Milliy bozor ham qar qanday bozor kabi turli moddiy, maʼnaviy va intellektual tovarlarni ayirboshlash obʼyektiga aylantiradi. Milliy bozor subʼyektini shu mamlakat fuqarolari boʻlmish tovar egalari va pul egalari tashkil etadi. Milliy bozor tarixan oʻtkinchi. U maʼlum davrda paydo boʻlgan, maʼlum bosqichga kelib yoʻqoladi, chunki bozor munosabatlari baynalmilallashib, millatlararo, umumiy bozor vujudga keladi. Natijada bozor munosabatlari uchun milliy doyra torlik qiladi va ular davlatlararo miqyosga chiqadi (yana qarang Bozor)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil