Milojko Spajić

Chernogoriya bosh vaziri

Milojko „Mickey“ Spajić[1] (serb va chernogor kirillcha: Милојко Спајић; 1987-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) – chernogoriyalik siyosatchi va moliya muhandisi, 2023-yil oktyabridan beri Chernogoriya Bosh vaziri[2][3]. Shuningdek, u 2020-yildan 2022-yilgacha Chernogoriya hukumati va Zdravko Krivokapić kabinetida Moliya va ijtimoiy taʼminot vaziri lavozimida ishlagan[4].

Milojko Spajić
Милојко Спајић

Spajić 2024-yilda
Chernogoriya Bosh vaziri
Mansab davri
2023-yil 31-oktyabr
Prezident Jakov Milatović
Oʻtmishdoshi Dritan Abazović
Chernogoriya parlamenti aʼzosi
Mansab davri
2023-yil 27-iyul – 2023-yil 31-oktyabr
Moliya va ijtimoiy taʼminot vaziri
Mansab davri
2020-yil 4-dekabr – 2022-yil 28-aprel
Hukumat boshligʻi Zdravko Krivokapić
Oʻtmishdoshi
  • Darko Radunović (Moliya vaziri)
  • Kemal Purišić (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri)
Vorisi Aleksandar Damjanović
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-sentyabr 1987-yil (1987-09-24) (37 yosh)
Pljevlja, Chernogoriya SR, Yugoslaviya SFR
Siyosiy partiyasi Europe Now!
Bolalari 1
Taʼlim

Spajić Europe Now partiyasining prezidenti hisoblanadi[5]. 2024-yil holatiga koʻra, u burkina-fasolik Ibrahim Traoré va ekvadorlik Daniel Noboadan keyin davlat rahbariyatida faoliyat yuritayotgan dunyodagi uchinchi eng yosh shaxs sanaladi.

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Spajić 1987-yil 24-sentyabrda SFR Yugoslaviya, Chernogoriya SRning Pljevlja shahrida tugʻilgan[6]. U yepiskop Metodije Ostojić bilan qarindosh[7]. U Pljevlja gimnaziyasini eng yaxshi talabalardan biri sifatida tamomlagan va Yaponiyaning Saitama hamda Osaka universitetlarida oʻqishini davom ettirgan. Keyinroq, Yaponiya hukumati stipendiyasi sohibi sifatida ekometrika boʻyicha yapon tilida tahsil olgan[8][9]. Talabalar almashinuvi dasturi doirasida Spajić Tsinghua universitetida ham tahsil olgan. U Fransiyadagi HEC Paris biznes maktabida stipendiya sohibi sifatida magistr darajasini olgan[10].

Oʻzining serb-xorvat tilidan tashqari, u ingliz, yapon, xitoy, rus va fransuz tillarini ham biladi[10][11].

Moliya sohasidagi faoliyati

tahrir

Oʻqishni tugatgandan soʻng Spajić AQShdagi Wall Streetda, Parij va Tokio shaharlarida ishlagan. Siyosatga qoʻshilishdan oldin u Goldman Sachs uchun kredit tahlilchisi boʻlib ishlagan[12][13]. Shuningdek, Das Capital SGning Singapurdagi venchur kapital fondining hamkori boʻlgan[14][15].

Siyosiy faoliyati

tahrir

2020-yilgi parlament saylovi

Spajić siyosiy faoliyatini partiyasiz siyosatchi sifatida boshlagan va 2020-yilgi parlament saylovlarida Zdravko Krivokapićning ekspertlar jamoasi aʼzosiga aylangan. Spajić Chernogoriyaga qaytishiga bir qancha sabablar borligini, lekin ulardan asosiysi bahsli „Din erkinligi toʻgʻrisida“gi qonunning qabul qilinishi ekanligini hamda qonun Chernogoriya tizimida qancha muammolar toʻplanib qolganini koʻrsatib berganini taʼkidlagan. Vaziyat yaxshilanmaguncha, u Chernogoriyadan boshqa davlatga koʻchib oʻtmasligini va hech bir investor „Serb pravoslav cherkovi (SOC) kabi muassasalar mavjud boʻlgan davlatga ishonmasligi“ni takʼidlagan[14]. Diniy inqiroz davrida u Qoʻshma Shtatlarda Serb pravoslav cherkovi va Chernogoriya serblari manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etgan[16].

Moliya va ijtimoiy taʼminot vaziri

tahrir

Spajić 2020-yil 4-dekabrda Moliya va ijtimoiy taʼminot vaziri sifatida qasamyod qilgan va Bosh vazir Zdravko Krivokapić davrida faoliyat olib borgan[8]. Spajić va Iqtisodiyot vaziri Jakov Milatović oʻz davrida munozarali Europe now iqtisodiy islohot dasturini taqdim etishdi va amalga oshirishgan[17]. Parlament inqirozidan soʻng Bosh vazir Krivokapić Chernogoriya parlamenti Bosh vazir oʻrinbosari Dritan Abazovićni lavozimidan chetlashtirish tashabbusi bilan chiqqan va uning oʻrniga Spajićni Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlashni taklif qilgan[18]. Spajić butun vazirlik maoshini xayriya ishlariga sarflaganini tasdiqlagan[19].

Europe Now partiyasi

tahrir

2022-yilda Spajić va Milatović Europe Now (PES) siyosiy partiyasini tuzishgan va unda Spajić prezident, Milatović esa prezident oʻrinbosari lavozimini egallagan. PES 2022-yilgi mahalliy saylovlarda ishtirok etgan[20].

2023-yilgi saylovlar

tahrir

Spajić 2023-yilgi prezidentlik saylovlarida Chernogoriya prezidentligiga nomzodini qoʻyishga harakat qilgan, biroq uning nomzodi Serbiya va Chernogoriyaning ikki davlat fuqaroligini olgani aniqlangani sababli Davlat saylov komissiyasi (DSK) tomonidan rad etilgan[21]. Ushbu yangilikdan soʻng u 2009-yilda Serbiya fuqaroligini olganligini va uning Serbiya fuqaroligidan voz kechish jarayoni hali ham davom etayotganini taʼkidlagan[22]. Keyinchalik Spajić Yaponiyaga vizasiz borishi uchun Serbiya fuqaroligini qabul qilganini aytgan[23]. Spajićning oʻrniga Milatović PES nomzodi sifatida saylovda ishtirok etgan va ikkinchi bosqichda 58,88% ovoz bilan amaldagi prezident Milo Đukanovićni magʻlub etgan[24][25].

Prezidentlik saylovlaridan soʻng Spajić masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga va 2023-yilgi parlament saylovlarida PESning saylov byulletenlari tashuvchisi boʻlishga tayyorligini aytgan[26]. 26-aprel kuni u PESning saylovchilar roʻyxatiga rahbarlik qilishi tasdiqlangan[27]. Saylov davomida Bosh vazir Dritan Abazović va Ichki ishlar vaziri Filip Adžić Spajićni 2023-yil martida Chernogoriyada hibsga olingan janubiy koreyalik kriptovalyuta ishlab chiqaruvchisi Do Kwon bilan aloqada boʻlganlikda ayblashgan[28]. Abazovićning soʻzlariga koʻra, Do Kwon qamoqxonadan Abazović, Adžić, Adliya vaziri Marko Kovač va Bosh prokuror Vladimir Novovićga Spajić bilan aloqalari haqida maʼlumot beruvchi xat yuborgan[29]. PES Spajićga qoʻyilgan ayblovlarni rad etgan va Do Kwon maktubni Abazović buyrugʻi bilan imzolaganini taʼkidlagan[30]. PES parlament saylovlarida umumiy ovozlarning taxminan 25 foizini qoʻlga kiritib, Chernogoriya parlamentida eng koʻp ovoz bilan birinchi oʻrinni egallagan[31]. Saylovdan keyin Do Kwon Spajićni moliyaviy qoʻllab-quvvatlaganini rad etgan[32].

2023-yil 10-avgustda Prezident Jakov Milatović Spajićga yangi hukumatni tuzish vaklolatini bergan[33].

Chernogoriya Bosh vaziri

tahrir

31-oktyabrda Chernogoriya parlamenti yangi hukumat tarkibini tasdiqlagan hamda unga Spajić Bosh vazir etib tayinlangan[34].

Siyosiy pozitsiyalari

tahrir

Spajić Chernogoriyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishini qoʻllab-quvvatlagan, lekin Gʻarb siyosatchilari „Chernogoriya bilan qiziqmaydi“ deb hisoblagan[35]. Uning taʼkidlashicha, NATOga qoʻshilish „Chernogoriya uchun yaxshi harakat“, lekin u Boltiqboʻyi mamlakatlariga Chernogoriya askarlarini joylashtirishga qarshilik qiladi[36]. Spajić Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralab, uni agressiya deb hisoblagan va garchi sanksiyalar „Moskvani oʻz yoʻlida qatʼiy turishini yanada mustahkamlaydi“ deb hisoblasa ham, Rossiyaga sanksiya qoʻyishni qoʻllab-quvvatlagan[37]. Spajić Chernogoriyaning Kosovo mustaqilligini tan olishni bekor qilish haqidagi takliflariga qarshi boʻlgan va bu „ortda qolgan mavzulardan biri“ deb hisoblashini aytgan[38]. U Chernogoriya va Serbiya oʻrtasidagi yaqin munosabatlar tarafdori boʻlgan[39].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Spajićning sobiq xotinidan bir qizi bor[40][41]. U serb pravoslav cherkovining aʼzosi[16][42][43].

Manbalar

tahrir
  1. Cumbers, John „Could Montenegro Become Europe's First Longevity State?“ (en). Forbes. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  2. „Izabrana 44. Vlada, Spajić očekuje pun mandat“ (bs). RTCG - Radio Televizija Crne Gore - Nacionalni javni servis. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  3. Starcevic, Seb „Montenegro finally gets new government and PM“. POLITICO (2023-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  4. „Montenegro Elects First Government Without Djukanovic Party“ (en-US). Balkan Insight (2020-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
  5. „Presidency“. Pokret Yevropa sad! (2023-yil 16-oktyabr). 2022-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  6. Nova.rs „Stiže Mickey: Ko je Milojko Spajić, glavni kandidat za premijera Crne Gore“ (sr-RS). NOVA portal (2023-yil 11-aprel). Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  7. „Ko je vladika Metodije: Episkop dioklijski, Amfilohijev vikarni episkop, ujak Milojka Spajića“. www.dan.co.me (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  8. 8,0 8,1 „Ovo su biografije kandidata za nove ministre“.
  9. „mr Milojko Spajić“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  10. 10,0 10,1 Admin „Da će nakon više od dvije decenije ministar biti Pljevljak koji je završio osnovnu i srednju školu u svom gradu?- Najnovije vijesti iz Pljevalja | – Najnovije vijesti iz Pljevalja“ (cnr) (2020-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  11. „Milojko Mickey Spajic“. LinkedIn. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  12. „Od Floride do Oksforda: Ovo su eksperti Vlade Crne Gore“ (en-US). NOVA portal (2020-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  13. „Ex-Goldman Sachs Banker Tapped to Be Premier in Montenegro“ (en). Bloomberg.com (2023-yil 10-avgust). Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  14. 14,0 14,1 Novine, Pljevaljske „Milojko Spajić: Vladavina prava da bude jaka kao kamen“ (sr-RS). Pljevaljske novine. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  15. Cumbers, John „Could Montenegro Become Europe's First Longevity State?“ (en). Forbes. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  16. 16,0 16,1 Team, D. F. C. „The overseas lobbying for the Serbian interests in MNE“ (en-US). DFC (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  17. „Spajić, Milatović: Čvrsto stojimo iza programa Yevropa sad! onako kako ga je Vlada predložila“. 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  18. „Krivokapić podnio inicijativu za smjenu Abazovića, za novog potpredsjednika predlaže Spajića“ (cnr). vijesti.me. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  19. „Spajić: Svaku platu sam donirao, tako će biti i ubuduće“. Portal Analitika. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  20. „"Yevropa sad" izlazi na lokalne izbore, misija Pokreta: Prosječna plata 1.000 eura, minimalna penzija 450 eura, bez nezaposlenih...“. Pobjeda. 2022-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  21. „Odbijena predsjednička kandidatura Milojka Spajića“ (bs). balkans.aljazeera.net. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  22. „Spajić: Srpsko državljanstvo sam dobio 2009. godine“. Pobjeda. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  23. „Spajić: Dok sam bio u Japanu, majka me pitala treba li mi državljanstvo Srbije“. CDM. Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  24. Milićević, Nenad „"Yevropa sad" umesto Spajića kandiduje Jakova Milatovića za predsednika Crne Gore“ (sr-RS). N1 (2023-yil 23-fevral). 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  25. www.antenam.net „DIK utvrdio rezultate: Milatoviću 58,88 odsto glasova, Đukanoviću 41,12 odsto“ (sr). Antena M. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  26. portal, D. A. N. „ДАН - Spajić: Spreman sam da budem nosilac liste, potrebno je formirati stabilnu većinu“. www.dan.co.me (2023-yil 7-aprel). Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  27. „Pokret Yevropa sad ide samostalno na izbore, Spajić nosilac liste“ (cnr). vijesti.me. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  28. „Abazović i Spajić razmjenjuju optužbe za veze sa "kripto kraljem"“ (sr). Glas Amerike (2023-yil 7-iyun). Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
  29. Šćepanović, Lela. „Slučaj Do Kvon dio predizborne borbe u Crnoj Gori“ (sh). Radio Slobodna Yevropa (2023-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
  30. „PES: Do Kvon potpisao pismo po naredbi Abazovića“. Politika Online. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
  31. „Završeno glasanje, počinje sabiranje“ (cnr). vijesti.me. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  32. „Advokati: Kvon negirao da je imao bilo kakvu novčanu transakciju prema Spajiću“ (cnr). vijesti.me. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  33. „Milojko Spajić mandatar za sastav nove crnogorske vlade“ (bs). balkans.aljazeera.net. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  34. „Crna Gora dobila novu vlast, protest pristalica opozicije u Podgorici“ (sr-latn). BBC News na srpskom (2023-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
  35. „Spajić: Zapadne političare mi ne interesujemo – siromašna zemlja na periferiji Evrope“. CDM. Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  36. ИН4С „Милојко Спајић оснивач црногорског света!“ (sr-RS). ИН4С (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  37. „Spajić: Katastrofalna agresija Rusije, glasaću za sankcije“ (cnr). vijesti.me. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  38. „Spajić: Kosovo je za mene nezavisna država!“ (sh). www.barskiportal.com. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  39. „PRVI INTERVJU ZA SRPSKE MEDIJE: "Nesuđeni" kandidat za predsednika Crne Gore Milojko Spajić za Kurir o Milu, odnosima sa Srbijom“ (sr). kurir.rs. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  40. „Medojević objavio dokument: Spajić ima stan u Beogradu na vodi“. Kodex.me. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  41. „Zašto je Spajić odigrao za Mila“ (cnr). vijesti.me. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  42. Durović, Aneta. „Premijer Crne Gore na odru klerikalnog desničara kršio Vladine mjere“ (sh). Radio Slobodna Yevropa (2021-yil 8-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  43. Standard „Spajić o sahrani Atanasija: Ponašali smo se u skladu sa mjerama“ (bs-BA). Standard (2021-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.

Havolalar

tahrir